Indoneziyada “odam qiyofasidagi” akula ovlandi

© AP Photo / Eric GayRibak zakidivayet set
Ribak zakidivayet set - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.02.2021
Obuna bo‘lish
Indoneziyalik baliqchining to‘riga g‘ayrioddiy akula ilindi. Akula ichida uch bolasi bor edi, ulardan biri inson qiyofasiga ega.
TOShKENT, 25 fev — Sputnik. Indoneziyalik baliqchi Roti oroli sohilida g‘ayrioddiy akula ovladi. Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar qilmoqda.
Abdulla Nuren ismli baliqchining to‘riga tasodifan katta akula ilingan va u ovni uyiga olib kelgan.
Erkak uni sotish uchun maydalayotgan vaqtda akula ichida uning uch bolasini borligini ko‘rgan. Ularning ikkitasi oddiy akulaga o‘xshardi, uchinchisining esa turqi qiyshaygan edi va bu uni odamga o‘xshatardi.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Daily Mail (@dailymail)

“Ikkitasi onasiga o‘xshardi, uchinchisining esa odam qiyofasi bor edi”, - degan Nuren.
Baliqni qo‘shnilar uning balig‘ini sotib olish istagini bildirishgani, lekin u rad javobini berganini qo‘shimcha qilgan.
“Uyim akulani ko‘rmoqchi bo‘lgan kishilarga to‘lib ketdi. Men baliqni o‘zimda saqlayman. O‘ylaymanki, u menga baxt olib keladi”, - dedi baliqchi.
Yangiliklar lentasi
0