https://oz.sputniknews.uz/20210225/Gaz-zapravkalari-faoliyatiga-yana-cheklov-rnatildi-16077210.html
Gaz zapravkalari faoliyatiga yana cheklov o‘rnatildi
Gaz zapravkalari faoliyatiga yana cheklov o‘rnatildi
Sputnik O‘zbekiston
Ob-havo keskin sovushi sabab gaz to‘ldirish ishlari ertalabki 05:00 dan – kechki 15:00 vaqt oralig‘ida amalga oshiriladi. 25.02.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-02-25T17:33+0500
2021-02-25T17:33+0500
2021-02-25T17:35+0500
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/682/68/6826885_0:160:3077:1890_1920x0_80_0_0_48fd8b4dc1271e727113c27255f06f6d.jpg
TOShKENT, 25 fev — Sputnik. “Hududgazta’minot” AJ O‘zbekistonda havo haroratining keskin sovishi sababli gaz quyish shoxobchalarining ish vaqti cheklanganini ma’lum qildi.Idora matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 24—27 fevral kunlari O‘zbekistonga sovuq havo oqimining kirib kelishi natijasida respublikaning ayrim hududlarida havo harorati kechasi 20-25 darajagacha sovuq bo‘lishi sababli tabiiy gaz iste’moli hajmining keskin ortishi kutilmoqda.Shu bois tabiiy gaz birinchi navbatda aholi va ijtimoiy soha obyektlarini uzluksiz ravishda ta’minlashga qaratilishini inobatga olib, gaz yetkazib berishda ayrim cheklovlar kiritiladi.Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida ham O‘zbekistonda havo haroratining keskin sovishi sababli barcha gaz quyish shoxobchalari ish vaqtiga cheklov o‘rnatilgan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/682/68/6826885_172:0:2903:2048_1920x0_80_0_0_a03eded6bff3c1d78f712467d5f3620f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat
Gaz zapravkalari faoliyatiga yana cheklov o‘rnatildi
17:33 25.02.2021 (yangilandi: 17:35 25.02.2021) Ob-havo keskin sovushi sabab gaz to‘ldirish ishlari ertalabki 05:00 dan – kechki 15:00 vaqt oralig‘ida amalga oshiriladi.
TOShKENT, 25 fev — Sputnik. “Hududgazta’minot” AJ O‘zbekistonda havo haroratining keskin sovishi sababli gaz quyish shoxobchalarining ish vaqti cheklanganini ma’lum qildi.
Idora matbuot xizmati
xabariga ko‘ra, 24—27 fevral kunlari O‘zbekistonga sovuq havo oqimining kirib kelishi natijasida respublikaning ayrim hududlarida havo harorati kechasi 20-25 darajagacha sovuq bo‘lishi sababli tabiiy gaz iste’moli hajmining keskin ortishi kutilmoqda.
Shu bois tabiiy gaz birinchi navbatda aholi va ijtimoiy soha obyektlarini uzluksiz ravishda ta’minlashga qaratilishini inobatga olib, gaz yetkazib berishda ayrim cheklovlar kiritiladi.
“Hududgazta’minot” AJ barcha avtotransport haydovchilardan, o‘z avtoulovlariga gaz to‘ldirish ishlarini ertalabki 05:00 dan – kechki 15:00 vaqt oralig‘ida texnika xavfsizligi qoidalari asosida amalga oshirishlarini so‘raydi”, - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida ham O‘zbekistonda havo haroratining keskin sovishi sababli barcha gaz quyish shoxobchalari ish vaqtiga cheklov o‘rnatilgan edi.