Armaniston Qurolli kuchlari Pashinyan iste’fosini talab qildi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishPremyer-ministr Armenii Nikol Pashinyan
Premyer-ministr Armenii Nikol Pashinyan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.02.2021
Obuna bo‘lish
Nikol Pashinyan bo‘lib o‘tayotgan hodisalarni davlat to‘ntarilishiga urinish deb atadi va tarafdorlarini Yerevandagi maydonga chiqishga dav’at etdi.
TOShKENT, 25 fev — Sputnik. Armaniston Bosh shtabi bosh vazir Nikol Pashinyan iste’fosini talab qildi. Bu haqda Sputnik Armaniston xabar qilmoqda.
Bayonotda yozilishicha, mamlakat Bosh shtabi shtab boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Tiran Xachatranning lavozimidan ozod qilishini yuzasidan qat’iy norozilik bildiradi.
Harbiylar uning ishdan olish to‘g‘risidagi qaror Armaniston milliy va davlat manfaatlarini inobatga olmagan holda, faqat shaxsiy adovat asosida qabul qilingan deb hisoblashadi.
Raketniy kompleks Iskander-M na seremonii otkritiya Mejdunarodnogo voyenno-texnicheskogo foruma ARMIYa-2016 vo Vladivostoke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.02.2021
Yaxshi raqqosga "Iskander"lar halal bermoqda
“Bunday og‘ir sharoitlarda bunday qaror davlatga qarshi va mas’ulyatsizlik hisoblanadi”, - deyilgan bayonotda.
Bosh shtab Pashinyanni o‘z xalqiga qarshi kuch qo‘llashdan ogohlantirgan.
Pashinyan bo‘lib o‘tayotgan hodisalarni davlat to‘ntarilishiga urinish deb atadi va tarafdorlarini Yerevandagi maydonga chiqishga dav’at etdi.
Keyinchalik Armaniston bosh vaziri Qurolli kuchlar uning iste’fosini talab qilgandan so‘ng Bosh shtab boshlig‘i Onik Gasparanni lavozimidan ozod qilganini ma’lum qildi.
Yangiliklar lentasi
0