https://oz.sputniknews.uz/20210224/zbekiston-koronavirusga-arshi-emlashga-tayrmi--Otabekov-zhavobi-16068204.html
O‘zbekiston koronavirusga qarshi emlashga tayyormi – Otabekov javobi
O‘zbekiston koronavirusga qarshi emlashga tayyormi – Otabekov javobi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlash jarayoni mart oyining birinchi yarmida boshlanishi kutilmoqda. Xo‘sh, mamlakat bunga qanchalik tayyor? 24.02.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-02-24T16:51+0500
2021-02-24T16:51+0500
2021-04-01T16:46+0500
jamiyat
nurmat otabekov
emlash
vaksina
covid-19 umumjahon pandemiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1372/43/13724349_0:24:1000:587_1920x0_80_0_0_12b4d6b0aa93b3ac9c0ba2397c898afb.jpg
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. O‘zbekistonda milliy emlash jarayonlariga tayyorgarlik boshlab yuborilgan. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari Nurmat Otabekov vaksinalarni saqlash va hududlarga yetkazib berish uchun sharoitlar qay darajada ekanligi xususida ma’lumot berdi.Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yillar davomida jami 21 ta vaksina saqlash omborlari, shu jumladan, 1 ta milliy, 14 ta mintaqaviy va 6 ta tuman omborlari qurilishi qo‘llab-quvvatlangan edi.Ta’kidlanishicha, joriy yilning ikkinchi choragi yakuniga qadar milliy omborxona ham qurib bitkaziladi.Barcha omborlarga yong‘in xavfsizligi va signalizatsiya tizimi o‘rnatilgan bo‘lib, ulardagi mavjud sovuqlikni ta’minlab berish tizimlari zamonaviy generatorlar va stabilizatorlarga ulangan.Otabekov vaksinalarni xavfsiz va tezkor tashish uchun mamlakatga jami 17 ta avtorefrijirator, 206 Miniven-Labo avtomashinalari keltirilganini qo‘shimcha qildi.Viloyatlarga jami 34 ta muzxona, 10 121 dona termokonteyner va termosumka, 749 ta muzlatkich, birlamchi davolash-profilaktika muassasalariga 2 mingdan ortiq sovutkich o‘rnatilgan.Barcha omborlar vaksinalarni yuklash-tushirish uskunalari, avtokaralar va maxsus kiyimlar bilan ta’minlandi.Bundan tashqari, hududlarga jami 4000 harorat indikatori va 5000 muzlatish indikatori tarqatildi, ehtiyot qismlari zahirasi yaratilib, mavjud omborlar ixtiyoriga o‘tkazildi.“Olib borilgan ana shunday tadbirlar natijasida immunoprofilaktika dasturlarining o‘z vaqtida, to‘liq ijro etilishi orqali yurtimizda nafaqat koronavirus, balki boshqa boshqariluvchi yuqumli kasalliklar bo‘yicha epidemik barqarorlikka erishilmoqda”, - deya xulosa qildi u.Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlash jarayoni mart oyining birinchi yarmida boshlanishi kutilmoqda. Birinchi navbatda yoshi katta, surunkali kasalligi bor va birlamchi xizmat ko‘rsatuvchi soha xodimlarini (shifokor, o‘qituvchi, IIO xodimlari va hokazo) joriy yil oxirigicha koronavirusga qarshi vaksina bilan to‘liq emlash rejalashtirilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20210223/zbekiston-ukumati-8-ta-yirik-vaktsina-ishlab-chiaruvchiga-murozhaat-etgan---Bezod-Musaev-16059252.html
https://oz.sputniknews.uz/20210223/zbekistonda-COVID-19ga-arshi-birinchi-navbatda-emlanuvchilar-rykhati-baslarga-sabab-bldi-16060096.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1372/43/13724349_0:0:1000:751_1920x0_80_0_0_b8960ebf0488a4157b994a927c9339ad.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, nurmat otabekov, emlash, vaksina, covid-19 umumjahon pandemiyasi
jamiyat, nurmat otabekov, emlash, vaksina, covid-19 umumjahon pandemiyasi
O‘zbekiston koronavirusga qarshi emlashga tayyormi – Otabekov javobi
16:51 24.02.2021 (yangilandi: 16:46 01.04.2021) O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlash jarayoni mart oyining birinchi yarmida boshlanishi kutilmoqda. Xo‘sh, mamlakat bunga qanchalik tayyor?
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. O‘zbekistonda milliy emlash jarayonlariga tayyorgarlik boshlab yuborilgan. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari Nurmat Otabekov vaksinalarni saqlash va hududlarga yetkazib berish uchun sharoitlar qay darajada ekanligi xususida
ma’lumot berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yillar davomida jami 21 ta vaksina saqlash omborlari, shu jumladan, 1 ta milliy, 14 ta mintaqaviy va 6 ta tuman omborlari qurilishi qo‘llab-quvvatlangan edi.
“Hozirgi vaqtda mamlakatimiz bo‘yicha 16 ta vaksina ombori qurib bitkazilib, 29 ta maxsus sovutkichlar vaksina omborlariga o‘rnatildi. Qolgan 5 ta vaksina omborxonasi esa 2021-yilning birinchi choragi oxirigacha qurib, foydalanishga topshirilishi kutilmoqda”, - dedi Otabekov.
Ta’kidlanishicha, joriy yilning ikkinchi choragi yakuniga qadar milliy omborxona ham qurib bitkaziladi.
Barcha omborlarga yong‘in xavfsizligi va signalizatsiya tizimi o‘rnatilgan bo‘lib, ulardagi mavjud sovuqlikni ta’minlab berish tizimlari zamonaviy generatorlar va stabilizatorlarga ulangan.
Otabekov vaksinalarni xavfsiz va tezkor tashish uchun mamlakatga jami 17 ta avtorefrijirator, 206 Miniven-Labo avtomashinalari keltirilganini qo‘shimcha qildi.
Viloyatlarga jami 34 ta muzxona, 10 121 dona termokonteyner va termosumka, 749 ta muzlatkich, birlamchi davolash-profilaktika muassasalariga 2 mingdan ortiq sovutkich o‘rnatilgan.
Barcha omborlar vaksinalarni yuklash-tushirish uskunalari, avtokaralar va maxsus kiyimlar bilan ta’minlandi.
Bundan tashqari, hududlarga jami 4000 harorat indikatori va 5000 muzlatish indikatori tarqatildi, ehtiyot qismlari zahirasi yaratilib, mavjud omborlar ixtiyoriga o‘tkazildi.
“Olib borilgan ana shunday tadbirlar natijasida immunoprofilaktika dasturlarining o‘z vaqtida, to‘liq ijro etilishi orqali yurtimizda nafaqat koronavirus, balki boshqa boshqariluvchi yuqumli kasalliklar bo‘yicha epidemik barqarorlikka erishilmoqda”, - deya xulosa qildi u.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlash jarayoni mart oyining birinchi yarmida boshlanishi
kutilmoqda. Birinchi navbatda yoshi katta, surunkali kasalligi bor va birlamchi xizmat ko‘rsatuvchi soha xodimlarini (shifokor, o‘qituvchi, IIO xodimlari va hokazo) joriy yil oxirigicha koronavirusga qarshi vaksina bilan to‘liq emlash
rejalashtirilgan.