https://oz.sputniknews.uz/20210224/Meteorolog-alin-orlar-va-tropik-mirlar---yangi-ilimiy-davr-belgilari-16063989.html
Meteorolog: Qalin qorlar va "tropik" yomg‘irlar - yangi iqlimiy davr belgilari
Meteorolog: Qalin qorlar va "tropik" yomg‘irlar - yangi iqlimiy davr belgilari
Sputnik O‘zbekiston
Yaqin yillar ichida insoniyat yanada ko‘proq ob-havoning noodatiy o‘zgarishlariga guvoh bo‘ladi, chunki Yer yuziga yangi iqlimiy davr kirib kelmoqda - mutaxassis. 24.02.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-02-24T11:00+0500
2021-02-24T11:00+0500
2021-02-24T11:02+0500
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/0b/15757428_0:0:3063:1722_1920x0_80_0_0_d33b62f2c57dadac5af40564825a582c.jpg
TOShKENT, 23 fev — Sputnik. Bu yilgi qishda kuchli sovuq va qalin qor yog‘ishi Yer yuziga yangi iqlimiy davr kirib kelishi bilan bog‘liq, dedi Moskva hududi meteoburosining bosh mutaxassisi Tatyana Pozdnyakova.“Tugayotgan Fevral oyi - juda noodatiy oy bo‘ldi. Unda sovuq havo va qalin qor yog‘ishi kuzatildi. Bu bizdagi odatiy fevral oyiga xos emas”, - dedi meteorolog.Pozdnyakova aytishiga qaraganda Rossiyaning markaziy hududida anomal ob-havo fevral oxiriga qadar saqlanib qoladi.“Bizni yana qalin qorlar, orada biroz havo isishi (0 darajagacha) keyin esa yana qattiq sovuqlar (-25 darajagacha) bo‘lishi kutilmoqda” , - dedi Pozdnyakova.Meteorolog aytishiga ko‘ra, ob-havoning ana shunday o‘zgarishi 2012-yilda ham kuzatilgan edi. Lekin sovuq havo va qalin qor yog‘ishi – bu Yer yuzida iqlim o‘zgarishidan darak berishi mumkin.Bundan ko‘rinib turibdiki, Yer yuzida atmosfera o‘zgarishlari yaqqol meridianaviy tus olgan. Bu esa – yangi iqlimiy davr kirib kelganidan darak beradi, - deb xulosa qildi Pozdnyakova.Mutaxassis fikrga ko‘ra, ushbu yangi davr bugun boshlanmagan, bu 5-7 yil oldin boshlangan jarayondir va yaqin yillar insoniyat ichida ob-havoning noodatiy o‘zgarishlarini yanada ko‘proq kuzatishi kutilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20210222/or-va-mir-zbekistonliklarni-sovu-ob-avo-kutmoda-16056583.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/0b/15757428_126:0:2857:2048_1920x0_80_0_0_5e3ecea839489f5400953ba1053a1163.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat
Meteorolog: Qalin qorlar va "tropik" yomg‘irlar - yangi iqlimiy davr belgilari
11:00 24.02.2021 (yangilandi: 11:02 24.02.2021) Yaqin yillar ichida insoniyat yanada ko‘proq ob-havoning noodatiy o‘zgarishlariga guvoh bo‘ladi, chunki Yer yuziga yangi iqlimiy davr kirib kelmoqda - mutaxassis.
TOShKENT, 23 fev — Sputnik. Bu yilgi qishda kuchli sovuq va qalin qor yog‘ishi Yer yuziga yangi iqlimiy davr kirib kelishi bilan bog‘liq,
dedi Moskva hududi meteoburosining bosh mutaxassisi Tatyana Pozdnyakova.
“Tugayotgan Fevral oyi - juda noodatiy oy bo‘ldi. Unda sovuq havo va qalin qor yog‘ishi kuzatildi. Bu bizdagi odatiy fevral oyiga xos emas”, - dedi meteorolog.
Pozdnyakova aytishiga qaraganda Rossiyaning markaziy hududida anomal ob-havo fevral oxiriga qadar saqlanib qoladi.
“Bizni yana qalin qorlar, orada biroz havo isishi (0 darajagacha) keyin esa yana qattiq sovuqlar (-25 darajagacha) bo‘lishi kutilmoqda” , - dedi Pozdnyakova.
Meteorolog aytishiga ko‘ra, ob-havoning ana shunday o‘zgarishi 2012-yilda ham kuzatilgan edi. Lekin sovuq havo va qalin qor yog‘ishi – bu Yer yuzida iqlim o‘zgarishidan darak berishi mumkin.
“Oldin siklonlar g‘arbdan sharqqa qarab harakat qilardi. Shu sababli shimolda qattiq sovuqlar, markaziy Rossiyada esa o‘rtacha sovuq harorat saqlanib turardi. Hozir esa – siklonlar shimoldan janubga va janubdan shimolga qarab harakatlanmoqda. Shu sababli biz qishda qalin qor yog‘ishi, bahor va kuzda esa – “tropik” yomg‘irlarni kuzatmoqdamiz”, - deydi meteorologiya mutaxassisi.
Bundan ko‘rinib turibdiki, Yer yuzida atmosfera o‘zgarishlari yaqqol meridianaviy tus olgan. Bu esa – yangi iqlimiy davr kirib kelganidan darak beradi, - deb xulosa qildi Pozdnyakova.
Mutaxassis fikrga ko‘ra, ushbu yangi davr bugun boshlanmagan, bu 5-7 yil oldin boshlangan jarayondir va yaqin yillar insoniyat ichida ob-havoning noodatiy o‘zgarishlarini yanada ko‘proq kuzatishi kutilmoqda.