https://oz.sputniknews.uz/20210223/Ikki-mingga-yain-ukumat-arorlari-z-kuchini-yotdi-16062454.html
Ikki mingga yaqin hukumat qarorlari o‘z kuchini yo‘qotdi
Ikki mingga yaqin hukumat qarorlari o‘z kuchini yo‘qotdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘z ahamiyatini yo‘qotgan, bir-birini takrorlovchi va bugungi kun talablariga javob bermaydigan hujjatlarni aniqlash va ularni bekor qilish taklif etilmoqda 23.02.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-02-23T18:25+0500
2021-02-23T18:25+0500
2021-02-23T18:25+0500
yangiliklar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/722/62/7226224_0:0:1200:675_1920x0_80_0_0_5fc08b80406db0f255dc71c96719b0f7.jpg
TOShKENT, 23 fev - Sputnik. Adliya vazirligi bir-birini takrorlovchi va bugungi kun talablariga javob bermaydigan hujjatlarni bekor qilishni taklif etmoqda.Vazirlik axborot xizmati xabar berishicha, bir masala yuzasidan bir nechta hujjatlarning mavjudligi fuqarolar hayoti va tadbirkorlar faoliyatida quyidagi muammolarni keltirib chiqarmoqda:birinchidan, fuqarolar va tadbirkorlar muayan masala bo‘yicha aynan qaysi hujjatga amal qilishi kerakligi yuzasidan savollarni tug‘dirmoqda, natijada masalani tushunish va unga huquqiy yechim topish uchun yuzlab hujjatlarni ko‘rib chiqishga to‘g‘ri kelmoqda;ikkinchidan, huquqiy axborotdan foydalanishda va huquqshunos xizmatlari bilan bog‘liq sarf-xarajatlarning ortishiga sabab bo‘lmoqda;uchinchidan, hujjatlar o‘rtasida ziddiyatlar, takrorlanishlarni keltirib chiqarmoqda, va natijada hujjatlarni amaliyotda qo‘llanilishida qiyinchiliklar kelib chiqmoqda.Shu kabi muammolarninng dolzarbligini inobatga olgan holda Adliya vazirligi tomonidan barcha sohalarda qonunchilikni tizimlashtirish orqali qonunchilik bazasini qisqartirish yoki boshqa so‘z bilan aytganda kesib tashlash (“tartibga soluvchi gilotina” usuli orqali) ishlari samarali yo‘lga qo‘yilgan.Shu yo‘nalishda, jumladan, 2020-yilda 500 ga yaqin hujjatlarni bekor qilishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni qabul qilindi. Shuningdek, kuni kecha 2000 ga yaqin Vazirlar Mahkamasining hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori qabul qilindi.Shu kunlarda "Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" prezident Farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga chiqarildi.Mazkur Farmon loyihasida quyidagilar taklif etilmoqda:
tadbirkorlik, savdo, mulk huquqi, qurilish, xususiylashtirish, transport, sog‘liqni saqlash, pasport, propiska tizimi sohasidagi hujjatlarni to‘liq ko‘rib chiqib, har bir soha kesimida ularni birlashtirish;
o‘z ahamiyatini yo‘qotgan, bir-birini takrorlovchi va bugungi kun talablariga javob bermaydigan hujjatlarni aniqlash va ularni bekor qilish;
eskirgan hujjatlarning kerakli qoidalarini predmeti bo‘yicha yaqin boshqa hujjatlarga ko‘chirish;
davlat organlari faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tizimlashtirish orqali ularning sonini qisqartirish;
yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan hujjat shakliga o‘tkazish orqali ayrim idoraviy hujjatlarni bekor qilish.
https://oz.sputniknews.uz/20191211/Begtin-raamli-uzhzhat-aylanishiga-tish--zbekiston-uchun-iyin-vazifa--12987790.html
https://oz.sputniknews.uz/20210211/Adliya-vazirligiga-shimcha-vazifalar-yuklatildi-15978392.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/722/62/7226224_150:0:1050:675_1920x0_80_0_0_67b88aa1cc0c2951a5a1cdbab297d60c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yangiliklar
Ikki mingga yaqin hukumat qarorlari o‘z kuchini yo‘qotdi
O‘z ahamiyatini yo‘qotgan, bir-birini takrorlovchi va bugungi kun talablariga javob bermaydigan hujjatlarni aniqlash va ularni bekor qilish taklif etilmoqda
TOShKENT, 23 fev - Sputnik. Adliya vazirligi bir-birini takrorlovchi va bugungi kun talablariga javob bermaydigan hujjatlarni bekor qilishni taklif etmoqda.
Vazirlik axborot xizmati xabar berishicha, bir masala yuzasidan bir nechta hujjatlarning mavjudligi fuqarolar hayoti va tadbirkorlar faoliyatida quyidagi muammolarni keltirib chiqarmoqda:
birinchidan, fuqarolar va tadbirkorlar muayan masala bo‘yicha aynan qaysi hujjatga amal qilishi kerakligi yuzasidan savollarni tug‘dirmoqda, natijada masalani tushunish va unga huquqiy yechim topish uchun yuzlab hujjatlarni ko‘rib chiqishga to‘g‘ri kelmoqda;
ikkinchidan, huquqiy axborotdan foydalanishda va huquqshunos xizmatlari bilan bog‘liq sarf-xarajatlarning ortishiga sabab bo‘lmoqda;
uchinchidan, hujjatlar o‘rtasida ziddiyatlar, takrorlanishlarni keltirib chiqarmoqda, va natijada hujjatlarni amaliyotda qo‘llanilishida qiyinchiliklar kelib chiqmoqda.
Shu kabi muammolarninng dolzarbligini inobatga olgan holda Adliya vazirligi tomonidan barcha sohalarda qonunchilikni tizimlashtirish orqali qonunchilik bazasini qisqartirish yoki boshqa so‘z bilan aytganda kesib tashlash (“tartibga soluvchi gilotina” usuli orqali) ishlari samarali yo‘lga qo‘yilgan.
Shu yo‘nalishda, jumladan, 2020-yilda 500 ga yaqin hujjatlarni bekor qilishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni qabul qilindi. Shuningdek, kuni kecha 2000 ga yaqin Vazirlar Mahkamasining hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori qabul qilindi.
Shu kunlarda "Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" prezident Farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga chiqarildi.
Mazkur Farmon loyihasida quyidagilar taklif etilmoqda:
- tadbirkorlik, savdo, mulk huquqi, qurilish, xususiylashtirish, transport, sog‘liqni saqlash, pasport, propiska tizimi sohasidagi hujjatlarni to‘liq ko‘rib chiqib, har bir soha kesimida ularni birlashtirish;
- o‘z ahamiyatini yo‘qotgan, bir-birini takrorlovchi va bugungi kun talablariga javob bermaydigan hujjatlarni aniqlash va ularni bekor qilish;
- eskirgan hujjatlarning kerakli qoidalarini predmeti bo‘yicha yaqin boshqa hujjatlarga ko‘chirish;
- davlat organlari faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tizimlashtirish orqali ularning sonini qisqartirish;
- yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan hujjat shakliga o‘tkazish orqali ayrim idoraviy hujjatlarni bekor qilish.