Abdulaziz Kamilov bugun Afg‘onistonga tashrif uyushtiradi

© Press-slujba MID RF / Mediabankka o‘tishMinistr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov
Ministr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.02.2021
Obuna bo‘lish
Bo‘lajak uchrashuvlar va muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston-Afg‘oniston munosabatlarining hozirgi holati va kelgusida rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
TOShKENT, 23 fev - Sputnik. Bugun, 23-fevral kuni, O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Afg‘oniston Islom Respublikasiga amaliy tashrif bilan boradi.
"Bo‘lajak uchrashuvlar va muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston-Afg‘oniston munosabatlarining hozirgi holati va kelgusida rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan", - deyiladi O‘zbekiston TIV bayonotida.
TIV bergan ma’lumotlar bo‘yicha, uchrashuv chog‘ida mintaqalararo savdo aylanmasini oshirish, Markaziy va Janubiy Osiyoni bog‘laydigan qo‘shma transport-kommunikatsiya loyihalarini amalga oshirishning yangi imkoniyatlari bo‘yicha fikr almashiladi.
Yangiliklar lentasi
0