O‘zgidromet: sovuqlar mevali daraxt kurtaklari va gullariga zarar yetkazadi

© Sputnik / Aleksandr Polegenko / Mediabankka o‘tishSneg v Krimu
Sneg v Krimu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.02.2021
Obuna bo‘lish
O‘zgidromet 25-27 fevralda kutilayotgan sovuqlar mevali daraxtlarning yozilgan kurtaklari va gullariga zarar yetkazishi haqida ogohlantirdi.
TOShKENT, 22 fev — Sputnik. Mamlakatda 25-27 fevralda kutilayotgan sovuqlar mevali daraxtlarning yozilgan kurtaklari va gullariga zarar yetkazadi, deb ogohlantirmoqda O‘zgidromet.
Fevral oyining ikkinchi o‘n kunligida g‘ayritabiiy yuqori havo harorati hisobiga mevali daraxtlar, tut va tokning bahorgi vegetatsiyasi o‘rtacha ko‘p yillik ko‘rsatkichlardan 2,5-3 hafta erta boshlandi.
Zima - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.02.2021
Qor va yomg‘ir: o‘zbekistonliklarni sovuq ob-havo kutmoqda
Ta’kidlanishicha, o‘n kunlikning birinchi yarmida respublika hududining katta qismida mevali daraxtlarda yalpi kurtaklarini bo‘rtishi va ochilishi boshlandi. O‘n kunlikning oxiriga kelib, erta gullaydigan mevali daraxtlarni gullashi boshlandi.
“Respublikaning janubida erta gullaydigan mevali daraxtlarning gullashi fevral oyining birinchi o‘n kunligida boshlanib, ikkinchi o‘n kunlikning oxiriga kelib, gullash yalpi bo‘ldi”, - deyilgan xabarda.
Avvalroq 23-fevraldan O‘zbekiston hududiga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi haqida yozgandik. 25-26 fevralda harorat kechalari 7-12° sovuqgacha, kunduz kunlari 2-7° sovuqgacha pasayadi. Qoraqalpog‘istonda harorat kechalari 17-22° sovuqgacha, kunduz kunlari 10-15° sovuqgacha pasayishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0