O‘zbekiston IIV tizimida BAAning ilg‘or texnologiyalarini tatbiq etish muhokama qilindi

© Press-slujba MVD UzbekistanaGlava MVD RUz Pulat Bobojonov vstretilsya s kollegoy iz OAE sheyxom Saifom bin Zaidom Al Naxayanom.
Glava MVD RUz Pulat Bobojonov vstretilsya s kollegoy iz OAE sheyxom Saifom bin Zaidom Al Naxayanom. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.02.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va BAA IIV rahbarlari Amirliklar Ichki ishlar vazirligi tizimida keng qo‘llanib kelinayotgan ilg‘or texnologiyalar, fuqarolarga elektron xizmat ko‘rsatishning istiqbolli loyihalarini muhokama qildi.
TOShKENT, 22 fev — Sputnik. IIV rahbari Po‘lat Bobojonov Abu-Dabi shahrida Birlashgan Arab Amirliklari bosh vaziri o‘rinbosari, ichki ishlar vaziri Shayx Saif bin Zoid Ol Naxayon bilan uchrashdi.
IIV matbuot xabariga ko‘ra, uchrashuvda ichki ishlar vazirliklari o‘rtasida hamkorlikni yanada mustahkamlash, mavjud shartnoma-huquqiy bazani kengaytirish, jinoyatchilikka qarshi kurash muhokama qilindi.
Shuningdek, tomonlar Amirliklar Ichki ishlar vazirligi tizimida keng qo‘llanib kelinayotgan ilg‘or texnologiyalar, fuqarolarga elektron xizmat ko‘rsatish, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish borasida birgalikda hal etilishi lozim bo‘lgan masalalar va istiqbolli loyihalarni atroflicha muhokama qildi.
Tadbir yakuni bo‘yicha amaliy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan bir qator kelishuvlarga erishildi.
Teoreticheskie i prakticheskie zanyatiya v avtoshkole DOSAAF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.02.2021
“Prava” olish uchun imtihon: IIV yangi qaror tayyorladi
Shu kunning o‘zida O‘zbekiston delegatsiyasi Abu-Dabi shahrida o‘z ishini boshlagan nufuzli tadbir – IDEX-2021” xalqaro mudofaa va xavfsizlik ko‘rgazmasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.
Ko‘rgazmadan ko‘zlangan asosiy maqsad mudofaa va politsiya sohasidagi sun’iy intellekt, texnologiya va jihozlarga oid so‘nggi yangiliklarni namoyish etish hamda ushbu yo‘nalishda davlatlar hukumatlari va biznes vakillari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatishga ko‘maklashishdan iborat.
Yangiliklar lentasi
0