https://oz.sputniknews.uz/20210222/Uysiz-olgan-sh-izni-foishalikka-undagan-al-ibsga-olindi-16058697.html
Uysiz qolgan yosh qizni fohishalikka undagan ayol hibsga olindi
Uysiz qolgan yosh qizni fohishalikka undagan ayol hibsga olindi
Sputnik O‘zbekiston
Ayol 19 yoshli tanishini Navoiy shahridagi “Gumbaz” kafesida shartli mijozga 400 ming so‘mga 3 kunga jinsiy aloqa qilishi uchun sotgan vaqtida qo‘lga olingan. 22.02.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-02-22T19:00+0500
2021-02-22T19:00+0500
2021-02-22T19:00+0500
hodisalar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/964/76/9647602_0:-1:1195:675_1920x0_80_0_0_d619eed475187be5dd824dcafa8e6242.jpg
TOShKENT, 22 fev — Sputnik. Navoiy viloyatida boshpanasiz qolgan qizga yordam ko‘rsatish maqsadida uni fohishalikka majburlagan ayolning kirdikori fosh etildi.Tergov departamenti xabariga ko‘ra, 29 yoshli Z.Z. tanishi 19 yoshli R.O‘.ning boshpanasiz va moddiy jihatdan qiynalib qolganligidan foydalangan. Uni uyiga olib kelib, birga yashashni taklif qilgan. Keyin qizning pasportini olib qo‘yib, o‘ziga moddiy jihatdan qaram bo‘ladigan vaziyatni yuzaga keltirgan. Moddiy manfaat ko‘rish maqsadida, uni erkaklar bilan jinsiy aloqa qilishga majburlab kelgan.Ayol qizni Navoiy shahridagi “Gumbaz” kafesida shartli mijozga 400 ming so‘mga 3 kun muddatga jinsiy aloqa qilishi uchun sotgan vaqtida qo‘lga olingan. Navoiy viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi unga nisbatan JKning 135-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan. Ayol hibsga olingan.Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20210203/Qizlarni-fohishalik-uchun-Turkiyaga-zhnatish-bilan-shuullangan-al-qolga-tushdi-15928705.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/964/76/9647602_0:-1:1075:675_1920x0_80_0_0_073bd9efe9db8d8b404f50332398a6cb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hodisalar
Uysiz qolgan yosh qizni fohishalikka undagan ayol hibsga olindi
Ayol 19 yoshli tanishini Navoiy shahridagi “Gumbaz” kafesida shartli mijozga 400 ming so‘mga 3 kunga jinsiy aloqa qilishi uchun sotgan vaqtida qo‘lga olingan.
TOShKENT, 22 fev — Sputnik. Navoiy viloyatida boshpanasiz qolgan qizga yordam ko‘rsatish maqsadida uni fohishalikka majburlagan ayolning kirdikori fosh etildi.
Tergov departamenti
xabariga ko‘ra, 29 yoshli Z.Z. tanishi 19 yoshli R.O‘.ning boshpanasiz va moddiy jihatdan qiynalib qolganligidan foydalangan. Uni uyiga olib kelib, birga yashashni taklif qilgan. Keyin qizning pasportini olib qo‘yib, o‘ziga moddiy jihatdan qaram bo‘ladigan vaziyatni yuzaga keltirgan. Moddiy manfaat ko‘rish maqsadida, uni erkaklar bilan jinsiy aloqa qilishga majburlab kelgan.
Ayol qizni Navoiy shahridagi “Gumbaz” kafesida shartli mijozga 400 ming so‘mga 3 kun muddatga jinsiy aloqa qilishi uchun sotgan vaqtida qo‘lga olingan.
Navoiy viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi unga nisbatan JKning 135-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan. Ayol hibsga olingan.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.