Toshkentda tibbiyot xodimlarini do‘pposlaganlarga qarshi jinoiy ish ochildi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovNaruchniki
Naruchniki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.02.2021
Obuna bo‘lish
Fuqaro shifokorlar o‘z ishiga sovuqqonlik bilan yondashganligi sababli onasi D.N. o‘lgan degan fikrda bo‘lgan. Marhuma kasalxonaga klinik o‘lim holatida olib kelingan.
TOShKENT, 22 fev — Sputnik. Toshkent shahrida tibbiyot xodimlariga tan jarohati yetkazganlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Idora keltirgan tafsilotlarga ko‘ra, 2021-yil 18-fevral kuni taxminan soat 23:50 larda Yakkasaroy tumanidagi I.Irgashev nomidagi 4-sonli shahar klinik shifoxonasida 28 yoshli F.M. ikki tanishi bilan 31 yoshli shifokor D.U. va 20 yoshli feldsher A. A.ga tan jarohati yetkazgan.
Rabota skoroy pomoshi v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.02.2021
Tibbiyot xodimlariga tajovuz qilindi: ularning ahvoli og‘irligicha qolmoqda
Aniqlanishicha, F.M. shifokorlar o‘z ishiga sovuqqonlik bilan yondashganligi sababli onasi D.N. o‘lgan degan fikrda bo‘lgan. Marhuma kasalxonaga tez tibbiy yordam mashinasida klinik o‘lim holatida olib kelingan.
Voqea natijasida ikkala tibbiyot xodimlari turli darajadagi tan jarohatlari olishgan. 
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 277-moddasi (“Bezorilik”) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda ikki nafar tibbiyot xodimiga marhumning yaqinlari tan jarohati yetkazgani va Sog‘liqni saqlash vazirligi holat bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0