https://oz.sputniknews.uz/20210222/Khorazmda-fozhia-choykhonada-bir-oilaning-uch-nafar-azosi-gazdan-zaarlanib-ldi-16057977.html
Xorazmda fojia: choyxonada bir oilaning uch nafar a’zosi gazdan zaharlanib o‘ldi
Xorazmda fojia: choyxonada bir oilaning uch nafar a’zosi gazdan zaharlanib o‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Choyxona egasi, uning rafiqasi va uch farzandi oshxonadagi gaz o‘chog‘idan sizib chiqqan gazdan zaharlangan. Er-xotin va bir bola vafot etgan. 22.02.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-02-22T16:42+0500
2021-02-22T16:42+0500
2021-02-22T16:42+0500
hodisalar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/590/75/5907561_0:15:2997:1701_1920x0_80_0_0_4338e37948c643091e9542e3ba37d790.jpg
TOShKENT, 22 fev — Sputnik. Xorazm viloyatining Shovot tumanidagi choyxonada uch kishi is gazidan zaharlanib hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qilmoqda.Xabarda yozilishicha, “Ortiq ota” nomli choyxonada uning egasi fuqaro K.O., uning turmush o‘rtog‘i I.S., hamda farzandlari Z.O., O.O., va X.O.lar choyxonaning oshxonasida joylashgan gaz o‘chog‘idan gaz sizib chiqishi natijasida is gazidan zaharlangan.Natijada er-xotin va ularning farzandi X.O. hodisa joyida vafot etishgan. Qolgan ikki bola kuchli zaharlanish alomatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.Bosh prokuratura bu borada befarq bo‘lmaslik, xavfsizlik qoidalariga to‘liq rioya etishlik haqida ko‘plab tushuntirishlar, xabarlar va ma’lumotlar tarqatilgani va bu ishlar davom ettirilishini qayd etgan. “Pandemiya sharoitida odamlardan barcha holatlarda o‘z turmushiga, hayot tarziga e’tiborliroq bo‘lishi, o‘z xavfsizligi barobarida boshqalarning ham osoyishtaligini o‘ylash lozimligi ko‘p bora ta’kidlanib kelinyapti. Achinarlisi, odamlar o‘z befarqligi tufayli yaqinlarining qurbon bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda”, - deyilgan xabarda.
https://oz.sputniknews.uz/20210213/Gazdan-foydalanish-bakhtsiz-odisalarni-tekshirish-tartibi-belgilandi-15992588.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/590/75/5907561_166:0:2897:2048_1920x0_80_0_0_873b0305371b8c391ec1772c21bc0182.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hodisalar
Xorazmda fojia: choyxonada bir oilaning uch nafar a’zosi gazdan zaharlanib o‘ldi
Choyxona egasi, uning rafiqasi va uch farzandi oshxonadagi gaz o‘chog‘idan sizib chiqqan gazdan zaharlangan. Er-xotin va bir bola vafot etgan.
TOShKENT, 22 fev — Sputnik. Xorazm viloyatining Shovot tumanidagi choyxonada uch kishi is gazidan zaharlanib hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati
xabar qilmoqda.
Xabarda yozilishicha, “Ortiq ota” nomli choyxonada uning egasi fuqaro K.O., uning turmush o‘rtog‘i I.S., hamda farzandlari Z.O., O.O., va X.O.lar choyxonaning oshxonasida joylashgan gaz o‘chog‘idan gaz sizib chiqishi natijasida is gazidan zaharlangan.
Natijada er-xotin va ularning farzandi X.O. hodisa joyida vafot etishgan. Qolgan ikki bola kuchli zaharlanish alomatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
Bosh prokuratura bu borada befarq bo‘lmaslik, xavfsizlik qoidalariga to‘liq rioya etishlik haqida ko‘plab tushuntirishlar, xabarlar va ma’lumotlar tarqatilgani va bu ishlar davom ettirilishini qayd etgan.
“Pandemiya sharoitida odamlardan barcha holatlarda o‘z turmushiga, hayot tarziga e’tiborliroq bo‘lishi, o‘z xavfsizligi barobarida boshqalarning ham osoyishtaligini o‘ylash lozimligi ko‘p bora ta’kidlanib kelinyapti. Achinarlisi, odamlar o‘z befarqligi tufayli yaqinlarining qurbon bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda”, - deyilgan xabarda.