Oston O‘runov yana “Ufa”ga qaytdi

Oston Urunov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.02.2021
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, “Ufa” futbol klubi o‘zbekistonlik futbolchini “Spartak”dan sotib olish huquqi bilan ijaraga olgan.
TOShKENT, 21 fev — Sputnik. Moskvaning “Spartak” futbol klubi yarim himoyachisi Oston O‘runov “Ufa”ga qaytdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, “Ufa” o‘zbekistonlik futbolchini sotib olish huquqi bilan ijaraga olgan.
O‘runov 2019/20 yilgi mavsumda “Ufa”da to‘p surgan va Rossiya chempionatida 10 ta o‘yin o‘tkazgan edi.
2020 yilning yozida O‘runov “Spartak” klubiga o‘tdi. Sportchi 2020/21 yilgi mavsumda moskvaliklar safida 9 o‘yinda maydonga tushib, bitta gol muallifiga aylandi.
Yangiliklar lentasi
0