Dunyoda

Bill Geyts pandemiyani toʻxtatish usulini aytdi

© AFP / GABRIEL BOUYS Bill Geyts
Bill Geyts - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.02.2021
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Microsoft asoschisi Bill Geyts "koronavirusga qarshi vaktsinalar ishlab chiqaradigan korxonalar qurilishiga milliard dollarlik investitsiya ajratish maqsadga muvofiq" deb aytdi.
TOSHKENT, 20 fev — Sputnik. Microsoft asoschisi Bill Geyts Myunxen Xavfsizlik Konferentsiyasida nutq soʻzladi.
Unda biznesmen koronavirusga qarshi vaktsinalar ishlab chiqaradigan korxonalar qurilishiga milliard dollarlik investitsiya ajratish maqsadga muvofiq deb aytdi.
"Bizga investitsiyalar kerak. Bu hech qachon takrorlanmasligiga ishonch hosil qilish uchun oz miqdorda milliard zarur", - dedi u.
Geyts, davlatlar va korporatsiyalar oʻrtasida hamkorlik qilish zarurligini taʼkidladi.
Uning fikriga koʻra, hozir va yaqin yillarda hamma preparatni olishi, shuningdek kelajakda shu kabi ofatlarning oldini olish uchun ekspertlar darajasida birlashish asosiy jahon ustuvor yoʻnalishi boʻlishi kerak.
Bundan avval, Bill Geyts yaqin kelajakda insoniyatga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan 2 ta tahdid - iqlim oʻzgarishi va bioterrorizm boʻlishi mumkinligini aytgandi. Ishbilarmon "Har yili "pandemiya davri"ga qaraganda, koʻproq odamlar iqlim oʻzgarishidan aziyat chekishi mumkin", deya bashorat qilgandi.
Yangiliklar lentasi
0