Egasi yolg‘iz qoldirgan mushukning ko‘zlari jiqqa yoshga to‘ldi – video

Obuna bo‘lish
Sir emaski, uy hayvonlari o‘z xo‘jayinlarini qumsashadi, uzoq ayriqdan so‘ng ularning atrofida soatlab girdikapalak bo‘lishadi. Ammo bu mushukning hislari boshqalarikidan oshib tushdi.
Xitoyda Fu fu laqabli mushukning egasi uni uyda yolg‘iz qoldirib, o‘zi oy taqvimi bo‘yicha Yangi yilni nishonlash uchun ota-onasinikiga yo‘l oldi.
U uyda hammasi joyida yoki joyida emasligini bilish uchun videokamerani yoqib ko‘rdi.
Qarasaki, mushugi uni nafaqat kutmoqda, balki uni juda qattiq sog‘ingan. Fu fu kameraga mayus boqib turardi, egasining ovozini etishi bilan yig‘lab yubordi.
Qizning so‘zlariga ko‘ra, uning mushugi tashvishlangan yoki och qolgan vaqtida yig‘laydi.
Fu funing bu ahvolini ko‘rgan qiz uyga muddatidan oldin qaytdi. U uyga kirishi bilan uni qattiq qumsagan mushugi uning uchib keldi.
Yangiliklar lentasi
0