Toshkentda jamoat transporti tubdan takomillashtiriladi - yangi qaror

© Press-slujba xokimiyata g. TashkentAvtobusi
Avtobusi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.02.2021
Obuna bo‘lish
Toshkentda jamoat transporti uch asosiy toifaga bo‘linadi: bog‘lovchi, yetkazib beruvchi va magistral yo‘nalishlar.
TOShKENT, 18 fev - Sputnik. Toshkent shahar transport tizimi takomillashtiriladi, bu haqida prezidentning "Toshkent shahar transporti sohasida boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risidagi" qarori loyihasida aytib o‘tilgan. 
Yangi transport tizimida quyidagilar joriy etiladi:
  1. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Toshkent shahar transport boshqarmasi negizida Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi tashkil etiladi.
  2. Boshqarma tarkibiga “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati va “Toshkent metropoliteni” unitar korxonasi kiritiladi.
  3. Toshkentda jamoat transporti uch toifaga bo‘linadi va maqbullashtiriladi: bog‘lovchi, yetkazib beruvchi va magistral yo‘nalishlar.
  4. Boshqarma huzurida yuridik maqomga ega bo‘lmagan “Toshkent shahar transportini rivojlantirish jamg‘armasi” tashkil etiladi.
Toshkent shahar jamoat transportiga tizimiga kiritilayotgan barcha o‘zgarishlar bilan batafsil quyida tanishish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0