O‘zbekistonda koronavirus: 4 ta hududda yangi holatlar - eng ko‘p poytaxtda

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishRabota kovid-gospitalya
Rabota kovid-gospitalya  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.02.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda yana 51 kishida koronavirus aniqlandi, respublika bo‘ylab koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 79 548 nafarni tashkil qilmoqda.
TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.
Gospital dlya lecheniya bolnix COVID-19  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.02.2021
Koronavirus: 7 ta hududda yangi holatlar
Yana 51 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 79 548 nafarni tashkil qilmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining: 2 nafari Andijon viloyatida, 5 nafari Namangan viloyatida, 11 nafari Toshkent viloyatida, 33 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 78 059 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foiz.
Ayni paytda 867 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 153 nafari og‘ir, 28 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

O‘lim holatlari

O‘zbekistonda jami 622 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 109,9 milliondan oshdi, 2,4 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQShda (27,8 mln), Hindistonda (10,9 mln), Braziliyada (9,9 mln).
Yangiliklar lentasi
0