“Sputnik V” O‘zbekistonda rasman ro‘yxatdan o‘tdi

© Sputnik / Ilya Naymushin / Mediabankka o‘tish "Sputnik V" ("Gam-KOVID-Vak") dlya vaksinatsii
 Sputnik V (Gam-KOVID-Vak) dlya vaksinatsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.02.2021
Obuna bo‘lish
Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi O‘zbekistonda rasman ro‘yxatdan o‘tdi. Bugungi kunda ushbu vaksinadan 1 mln. doza sotib olish rejalashtirilgan.
TOShKENT, 17 fev - Sputnik. “Sputnik V” O‘zbekistonda rasman ro‘yxatdan o‘tdi, bu haqida Respublikasi Maxsus komissiyasi xabariga asosan O‘zA xabar qilmoqda. 
"Rossiyaning Gamaleya ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan “Sputnik V” vaksinasi uchinchi bosqich klinik sinovlari natijalari asosida O‘zbekistonda sertifikatlashtirilgan holda ommaviy qo‘llash jarayoniga ruxsat etilgan. Bugungi kunda ushbu vaksinadan 1 million doza xarid qilish yuzasidan amaliy choralar ko‘rilmoqda", - deyilgan xabarda. 
Shuningdek O‘zbekitonda Xitoyning “Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co.,Ltd” kompaniyasining “ZF 2001” vaksinasi sinovlari ham muvaffaqiyatli o‘tmoqda.
Meditsinskiy rabotnik - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.02.2021
O‘zbekiston COVID-19 vaksinasi hammuallifi sifatida tan olindi
Biroz oldin Xitoy kompaniyasi vakili O‘zbekistonni ushbu vaksina hammuallif davlati sifatida qayd etilishini ma’lum qilib, vaksinaga “ZF-UZ-VAC 2001” deb nom berilishini ma’lum qilgan edi.
Eslatib o‘tmiz, O‘zbekiston koronavirusga qarshi birinchi navbatda emlanishi kerak bo‘lgan fuqarolar toifasi belgilangan. Unga ko‘ra, birinchi navbatda kasalikka chalinish ehtimoli yuqori bo‘lgan, keksa yoshli va surunkali kasaligi bo‘lgan hamda birlamchi xizmat ko‘rsatuvchi kasb egalari: o‘qituvchilar, shifokorlar IIB xodimlari emlanishi belgilangan. Ma’lum bo‘lishicha ana shunday kishilar soni respublikada 4,1 mln kishini tashkil qiladi. 
Yangiliklar lentasi
0