Samarqanddagi “Jartepa” chegara bojxona posti talabalar uchun ochildi

© Samarkandskoe upravlenie GTKTamojenniy post "Djartepa" v Urgutskom rayone Samarkandskoy oblasti
Tamojenniy post Djartepa v Urgutskom rayone Samarkandskoy oblasti  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.02.2021
Obuna bo‘lish
17 fevraldan Samarqand viloyatining Tojikiston bilan chegaradosh bo‘lgan Urgut tumanida joylashgan “Jartepa” chegara bojxona posti talabalar uchun ochildi.
TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Samarqand viloyatining Tojikiston bilan chegaradosh bo‘lgan Urgut tumanida joylashgan “Jartepa” chegara bojxona posti talabalar uchun ochildi. Bu haqda Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, pandemiya sababli shu kunga qadar talabalar Tojikistonga faqatgina “Sariosiyo”, “Oybek” va “Plotina” chegara o‘tkazish punktlari orqali harakatlanishi mumkin edi.
"Masofaning uzoqligi samarqandlik talabalarga qiyinchilik tug‘dirayotgan edi. Shu yil 17-fevral kunidan talabalarga Urgut tumanida Tojikiston Respublikasi bilan chegarada joylashgan “Jartepa” chegara bojxona posti orqali harakatlanishlariga ruxsat berildi”, - deyilgan xabarda.
Tojikiston o‘zbekistonlik talabalarning mamlakatga kirishiga ruxsat berdi
“Jartepa” chegara bojxona posti orqali hozircha faqat Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarining eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishlari, shuningdek, xalqaro yuk tashuvchilarning yuk avtotransport vositalari hamda talabalar harakatlanishi belgilangan.
Yangiliklar lentasi
0