DSQ: Arz-dodga o‘rin yo‘q - aksariyat “naqdlashtirish” bilan shug‘ullangan

© SputnikKoshelek s dengami
Koshelek s dengami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.02.2021
Obuna bo‘lish
Soliq qo‘mitasi “bir kunlik” firmalar bilan aloqa qilgan tadbirkorlarni QQSni qayta to‘lashga majbur qilmoqda.
TOShKENT, 17 fev – Sputnik. Soliq qo‘mitasi “naqdlashtirish” bilan shug‘ullangan va qo‘shilgan qiymat solig‘ini kamaytirib ko‘rsatishga uringan korxonalarni QQSni qayta to‘lashga majbur qilmoqda. Tadbirkorlar bundan norozi bo‘lib biznes-ombudsmanga murojaat qilishdi. Ayni damda  biznes-ombudsman Soliq qo‘mitasining ushbu harakatlarining qonuniyligini o‘rganib chiqmoqda.
© DSQRabota nalogovogo komiteta
Rabota nalogovogo komiteta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.03.2021
Eslatib o‘tamiz, biroz oldin Davlat soliq qo‘mitasi qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) to‘lovlarini noqonuniy  ravishda kamaytirish maqsadida shubhali operatsiyalarni amalga oshirgan 396 ta tadbirkorlik subyektlari ro‘yxatini e’lon qilingan va ularning soliq hisobotlaridagi QQS summasini qayta tekshirib, o‘zgartirish kiritgan edi.
Soliq qo‘mitasi xabariga ko‘ra, ushbu korxonalar naqdlashtirish va QQSni qalbaki hisobga olish bilan shug‘ullanuvchi “bir kunlik” firmalarning hisobiga, aslida sodir bo‘lmagan xo‘jalik faoliyat uchun, mablag‘ o‘tkazgan. Shu sabab, Soliq kodeksining 266-moddasiga asosan, hisobga olingan QQS miqdoriga tuzatish kiritilgan yoki hisobga olish bekor qilingan.
Lekin, bunday yondashuv tadbirkorlarning norziligiga sabab bo‘lgan va Soliq qo‘mitasiga 60ga yaqin murojaatlar kelib tushgan. Ushbu murojaatlarning har biri alohida tekshirib chiqilgan va 16-fevral holatiga quyidagilar aniqlangan: 91 % holatda (52ta korxonada) – qalbaki operatsiyalar tasdiqlangan, 1 ta korxonada – qalbaki operatsiya tasdiqlanmagan va ortiqcha hisoblangan QQSni qaytarish jarayoni boshlangan. Yana 4ta tashkilotda – qalbaki operatsiyalar qisman tasdiqlangan.
Yangiliklar lentasi
0