https://oz.sputniknews.uz/20210216/ozoistondan-Samarand-va-Urganchga-muntazm-avia-parvozlarni-yish-masalasi-krib-chiildi-16009844.html
Qozog‘istondan Samarqand va Urganchga muntazm avia-parvozlarni qo‘yish masalasi ko‘rib chiqildi
Qozog‘istondan Samarqand va Urganchga muntazm avia-parvozlarni qo‘yish masalasi ko‘rib chiqildi
Sputnik O‘zbekiston
Shuningdek, tomonlar epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda temir yo‘l qatnovlarini qayta tiklash masalasini muhokama qilishdi. 16.02.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-02-16T09:23+0500
2021-02-16T09:23+0500
2021-02-16T09:23+0500
yangiliklar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/i/logo/logo-social.png
TOShKENT, 16 fev - Sputnik. Qozog‘iston Industriya va infratuzilmalarni rivojlantirish vaziri o‘rinbosari boshchiligidagi delegatsiya vakillarining O‘zbekistonga tashrifi doirasida O‘zbekiston Transport vazirligida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Uchrashuvda mamlakatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, o‘zaro hamkorlikda infratuzilma loyihalarini amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi. Turkiston – Chimkent – Toshkent tezurar temir yo‘li loyihasini amalga oshirish, Maqtaaral – Darbaza yangi temir yo‘l liniyasini qurish bo‘yicha fikr-mulohazalar almashildi.Qozog‘iston Respublikasi Industriya va infratuzilmalarni rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Berik Kamaliyev hamda O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri v.b. Ilhom Mahkamov o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda mamlakatlar o‘rtasidagi aviaqatnovlar sonini oshirish, yangi parvozlar yo‘nalishlarini ochish, xususan, Qozog‘iston shaharlaridan Samarqand va Urganch shaharlariga muntazam avia parvozlarni yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, tomonlar epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda temir yo‘l qatnovlarini qayta tiklash masalasini muhokama etishdi.Uchrashuvning ikkinchi kunida tomonlar guruhlarga bo‘lingan holda o‘z ish faoliyatni davom ettirishga kelishib oldi.
https://oz.sputniknews.uz/20210209/Qozogiston-Ozbekistonga-qancha-elektr-energiyasini-etkazib-berdi-15967286.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
yangiliklar
Qozog‘istondan Samarqand va Urganchga muntazm avia-parvozlarni qo‘yish masalasi ko‘rib chiqildi
Shuningdek, tomonlar epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda temir yo‘l qatnovlarini qayta tiklash masalasini muhokama qilishdi.
TOShKENT, 16 fev - Sputnik. Qozog‘iston Industriya va infratuzilmalarni rivojlantirish vaziri o‘rinbosari boshchiligidagi delegatsiya vakillarining O‘zbekistonga tashrifi doirasida O‘zbekiston Transport vazirligida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Uchrashuvda mamlakatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, o‘zaro hamkorlikda infratuzilma loyihalarini amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi. Turkiston – Chimkent – Toshkent tezurar temir yo‘li loyihasini amalga oshirish, Maqtaaral – Darbaza yangi temir yo‘l liniyasini qurish bo‘yicha fikr-mulohazalar almashildi.
Qozog‘iston Respublikasi Industriya va infratuzilmalarni rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Berik Kamaliyev hamda O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri v.b. Ilhom Mahkamov o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda mamlakatlar o‘rtasidagi aviaqatnovlar sonini oshirish, yangi parvozlar yo‘nalishlarini ochish, xususan, Qozog‘iston shaharlaridan Samarqand va Urganch shaharlariga muntazam avia parvozlarni yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, tomonlar epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda temir yo‘l qatnovlarini qayta tiklash masalasini muhokama etishdi.
Uchrashuvning ikkinchi kunida tomonlar guruhlarga bo‘lingan holda o‘z ish faoliyatni davom ettirishga kelishib oldi.