"Tanasi qani?": bug‘u aks etgan surat internetda qizg‘in muhokama qilinmoqda

CC0 / pixabay / Olen. Illyustrativnoe foto
Olen. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.02.2021
Obuna bo‘lish
O‘rmonda daraxt ortida turgan bug‘uning surati ijtimoiy tarmoqlarda “virus” tezligida tarqaldi. Suratda jonivorning faqat boshi ko‘ringan.
TOShKENT, 16 fev — Sputnik. O‘rmonda daraxt ortida turgan bug‘uning surati ijtimoiy tarmoqlarda “virus” tezligida tarqaldi. Suratda jonivorning faqat boshi ko‘ringan.
Foydalanuvchilar “bug‘uning tanasi qanday qilibkichik daraxt orqasida  ko‘rinmay qoldi” deya hayron qolishmoqda.
The Dodo yangiliklar portali yozishicha, g‘ayrioddiy suratning muallifi -Xantington (Indiana, AQSh) shahrida istiqomat qiluvchi Jenni Makmillan. Ayol o‘rmon yaqinida yashaydi, oqdumli bug‘ular  yegulik izlab tez-tez bu hududga "mehmonga" keladi.
Surat ijtimoiy tarmoqlarga tushgach, bir necha kun ichida tez tarqalib ketdi.
Odamlar o‘z izohlarida, bug‘uning tanasi qayerga g‘oyib bo‘lgani yuzasidan turli taxminlarni bildirishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada yangi optik illyuziya internet foydalanuvchilarining e’tiborini tortgandi. O‘rmonda tasvirga olingan surat qizg‘in muhokamaga sabab bo‘lgandi.
Yangiliklar lentasi
0