Sardoba suv ombori qayta quriladi - OAV

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVyezd v poselok Sardoba, postradavshiy ot navodneniya
Vyezd v poselok Sardoba, postradavshiy ot navodneniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.02.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston "Sardoba" suv omoborini qayta tiklash tarafdori, lekin Qozog‘iston bunga qarshi. Sun’iy inshootni qayta tiklash maqsadida muhandislik-qidiriuv ishlari boshlab yuborilgan.
TOShKENT, 16 fev - Sputnik. Sardoba suv ombori qayta quriladi. Bu bo‘yicha hukumat qarori qabul qilingan, deb xabar qilmoqda "Daryo" nashri Qurilish vazirligining Loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Nasrullo Boboyevga asosan. 
Xabarda aytilishiga ko‘ra, Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omoborini qayta tiklash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining yopiq (xizmat doirasida foydalanish uchun) qarori qabul qilingan. Ayni damda ushbu qarorga asosan "juda katta hajmdagi muhandislik-qidiruv ishlari amalga oshirilmoqda, xususan, laboratoriya tahlillari olinib, ilmiy-texnik asoslash maqsadida izlanishlar davom etapti".
"Holat qo‘shni davlatlarga ham taalluqli bo‘lgani bois ilmiy o‘rganishlarga nafaqat mahalliy mutaxassislar, balki chet el ilmiy-tadqiqot markazlari ham jalb qilingan. Bunda bir nechta mustaqil ekspertlar guruhi qilingan ishlar natijalarini tahlil qiladi va o‘z xulosalarini beradi. Shundan kelib chiqib, keyingi bosqich ishlari davom ettiriladi", — deb Boboyevning so‘zlarini keltiradi "Daryo".
Eslatib o‘tamiz, 2010—2017 yillarda ulkan mablag‘ evaziga qurilgan Sardoba suv ombori to‘g‘onlaridan biri 2020-yil 1-may kuni yorilishi oqibatida yirik suv toshqini yuz bergan edi. Toshqin oqibatida O‘zbekiston va qo‘shni Qozog‘istonda minglab uylar suv ostida qolgan edi. Ayni damda O‘zbekistonda ushbu fojeada aybdorlikda ayblanib qurilish uchun javobgar bo‘lgan 17 kishi sudlanmoqda. 
Ma’lumot uchun, Qozog‘iston ushbu suv ombori qurilishi BMT normalariga zid bo‘lganini va Qozog‘iston fikri hisobga olinmaganini va bundan buyon Qozog‘iston Sardoba suv omoborini qayta tiklashga qarshi bo‘lishini aytib o‘tgan edi. 
Yangiliklar lentasi
0