Orzu karvoni va bebaho “Malika”: Rishtonda “cho‘l kemalari” qanday yetishtirilmoqda

Obuna bo‘lish
Sputnik muxbiri Farg‘ona viloyatida tuya fermasi faoliyati bilan tanishdi. Rishton tumanida fermer cho‘l o‘rtasida tuya fermasini tashkil qildi.
Ayni vaqtda fermada 30 bosh tuya mavjud, kelajakda ularni sonini 150 taga ko‘paytirish rejalashtirilgan. Shifobaxsh tuya suti va juni bozorda katta talabga ega.
Bundan tashqari, bunday fermer xo‘jaliklari O‘zbekistondagi ekologik joylarga sayyohlarni jalb qilish markaziga aylanishi mumkin.
Fermerda noyob zotli oq tuyasi ham bor. Asror aka unga “Malika” deb laqab qo‘ygan.
“50 ming dollar taklif qilishgandi, sotmadim, u bebaho”, - deydi fermer.
Yangiliklar lentasi
0