Oddiy va ishonchli: Dunyoning yarmini zabt etgan yuk avtomobili
16:42 16.02.2021 (yangilandi: 17:01 16.02.2021)
© Sputnik / Vladimir Rodionov
/ Obuna bo‘lish
KamAZ - bir necha o‘n yillar davomida turli iqlim sharoitlarida, urush va musobaqalarda sinovidan o‘tgan, sovet injenerlerining eng yaxshi konstruktiv ishlanmalari jamlangan, oddiy va ishonchli yuk avtomobili. Batafsil...
TOShKENT, 16 fev — Sputnik, Nikolay Protopopov. Konveyerdan chiqqan millionlab yuk avtomobillari, uzoq masofaga yuruvchi haydovchilar va harbiy haydovchilar tomonidan tan olinishi va xalqaro musobaqalarda g‘olib bo‘lish – rosa 45-yil oldin, 1976-yilning 16-fevralida - Kama avtomobil zavodi darvozasidan birinchi KamAZ chiqqan edi. Shundan buyon Rossiya yo‘llarini ushbu yuk tashuvchisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ushbu avtogigantning dastlabki va ahmiyatli modellari haqida RIA Novosti maqolasida.
Birinchi kapotsiz
1960 yillarda tez rivojlanib borayotgan sovet avtosanoatiga katta yuk tashish imkoniyatiga ega bo‘lgan avtomobillarga ehtiyoj ortib borayotgan edi. Yangi avtomobil zavodini joylashtirish uchun Naberejnie Chelni tanlandi. U yerda 1969-yilda yiliga 150 ming avtmobil ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan ulkan zavod qurilishi boshlandi.
© gruzovikpressBortovoy ZIL-170, opitniy obrazes
Avtomobil yo‘llari sifati yaxshilanib borini bilan butun mamlakat bo‘ylab tez harakatlanish imkoni bo‘lgan magistrallar qurilishi boshlandi. Konstruktorlar yuk avtomobillarining nafaqat yo‘ltanlamaslik xususiyatlari, balkim ularning qulayligiga ham e’tibor bera boshlashdi.
Yuk avtomobili yaratishda Yevropada kapotsiz yuk avtomobili yaratish tajribasi ham hisobga olindi. Dvigatelni kabini ostiga joylashtirish – kabinani kengroq qilish, haydovchi yo‘lni kuzatish imkoniyatini yaxshilash va avtomobil uzunligidan samaraliroq foydalanish imkonini berar edi.
Yangi loyihaga yuk avtomobillari yaratish va ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishda boy tajribaga ega bo‘lgan, Moskvaning ZiL zavodi mutaxassislari ham qo‘shilishdi. Shu vaqtga qadar ZiL mutaxassislari kapotsiz yuk avtomobili (ZiL-170) ham yaratishga ulgurishgan edi. Uning asosida uch o‘qli yuk ko‘tarish imkoni 8 tonnadan ortiq bo‘lgan birinchi KamAZ yaratishga kirishildi.
© Sputnik / Ramil Sitdikov
/ Bir necha o‘n yillar davomida ZiL zavodi bo‘lajak yuk avtomobili prototipini Ittifoqning turli iqlim sharoitlarida sinab ko‘rib, uning kamchiliklarini yo‘qotishga, eng yaxshi konstruktiv ishlanmalarni qo‘llashga muvaffaq bo‘lishdi. Bo‘lajak KamAZni o‘sha vaqtda dunyodagi eng yetakchi ishlab chiqaruvchilar "Ford", "Mersedes" va "Interneshnl" yuk avtomobillari modellari bilan raqobatdosh deb topilgan edi.
Buzilsa - tuzatish oson
1976 yilning fevral oyida Naberejnie Chelni shahridagi konveyerdan birinchi seriyali KamAZ-5320 avtomobili chiqdi. O‘z zamoni talablariga ko‘ra – avtomobil juda qulay edi. Uch kishiga mo‘ljallangan keng kabina, shovqin va issiqdan yaxshi himoyalangan, xavfsizlik kamarlari, moslashuvchan haydovchi o‘rindig‘i, yo‘lni yaxshiroq kuzatish uchun keng oynali kabina bilan jihozlangan edi.
© Sputnik / S. Solovyev / Mediabankka o‘tishAvtomobili KamAZ na territorii Kamskogo avtomobilnogo zavoda
© Sputnik / S. Solovyev
/ Yuk avtomobili yangi 8 silindrli 11 litrli yangi dizel avtomobili bilan zihozlandi. 211 ot kuchiga ega bo‘lgan dvigatel 5 bosqichli, pasaytiruvchi uzatmaga ega bo‘lgan uzatmalar qutisi o‘rnatilgan edi. Sovuq havoda avtomobilni o‘z oldirish oson bo‘lishi uchun unga o‘t oldirishdan oldin o‘rnatiladigan isitish moslamasi ham o‘rnatilar edi. Shuningdek 200 litrli yonilg‘i baki, va pnevmatikali barabanli tormozlar o‘rnatilar edi. Yonilg‘i xarajati 100 kmga 30 litrni tashkil qilar edi.
Dastlabki 2-yil davomida KamAZ 8 tonnali yuk avtomobili, 10 tonnali qurilish samosvali va 20 tonnali tagach ishlab chiqardi. Keyinchalik esa bazasi uzaytirilgan yuk avtomobili, avtopoyezd uchun tagach va qishloq xo‘jaligi uchun samosval ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
© Sputnik / Kuznetsov / Mediabankka o‘tishAvtopoyezd KamAZ-54102. Kamskiy kompleks zavodov po proizvodstvu bolshegruznix avtomobiley
© Sputnik / Kuznetsov
/ KamAz avtomobillarining eng yaxshi tomonidan biri – ularning oson tuzatish imkoniyati edi. Avtomobilda biror nosozlik yuz bergan taqdirda – uni eng oddiy sharoitlarda tuzatish oson edi. Avtomobil ustaxonalari rivojlanmagan SSSR sharoitida bu juda muhim edi. Ushbu maqsadda konstruktorlar avtomobilga texnik xizmat ko‘rsatishni osonlashtirib, uni moylash kerak bo‘lgan nuqtalarini kamaytirishdi, avtomobilning sozlash kerak bo‘ladigan uzellarini barqarorlashtirishdi va o‘z-o‘zidan ochilib ketmaydigan gaykalardan foydalanishdi.
Sport va urush
1980 yillar boshiga kelib Naberejnie Chelni shahrida Qurolli kuchlar uchun maxsus KamAZ-4310 - 6 tonnali yo‘ltanlamas yuk avtomobilini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Uning 6x6 g‘ildirak formulasi, lebedka, yuqori ko‘tarilgan klirensi – har qanday to‘siqlarni yengib o‘tish imkonini berardi.
© Sputnik / Mixail VoskresenUzbekistan planiruyet organizovat postavki gruzovikov povishennoy proxodimosti KamAZ v Afganistan
© Sputnik / Mixail Voskresen
Afg‘oniston kampaniyasi harbiy KamAZ uchun haqiqiy sinov jangovar sinov bo‘ldi. Ushbu avtomobillar Sovet qo‘shinlarining asosiy tashuvchi vositasiga aylandi. Afg‘oniston sharoitida ular o‘zini juda yaxshi namoyish qilishdi. KamAZlar boshqa yuk avtomobillariga nisbatan nafaqat qulay, balkim ishonchli va manyovrli edi.
O‘sha afg‘on urushi yillarida zavod ilk bor G‘arb sanksiyalariga duch keldi. 1980-yilda Amerikaning Ingersoll Rand kompaniyasi Davlat deparatamenti bosimi ostida, imzolangan shartnomalarga qaramasdan, zavodga silindrlarga ishlov berish uchun kerakli ehtiyot qismlarni yetkazib berishni to‘xtatdi. Fanlar Akademiyasi yordamida ushbu importga muhtojlik muammosi hal qilindi.
© Sputnik / Maksim Blinov
/ O‘tgan 45-yil davomida Naberejnie Chelni zavodi konveyeridan 2 milliondan ortiq avtomobil chiqdi. Ularning aksariyati bugungi kunda ham Rossiya, sobiq Ittifoq va dunyoning boshqa o‘nlab mamlakatlari yo‘llarini kezib yurmoqda.
1988 yilda avtomobil zavodi o‘zining sport jamoasi "KAMAZ-master"ni tashkil qildi. Uning maqsadi yuk avtomobillari poygasida ishtirok etish va g‘alaba qozonish edi.
© Sputnik / RIA Novosti
/ 1990 yilda KamAZ sportchi-haydovchilari xalqaro maydondan o‘zlarini barchaga tanitishdi – ilk bor “Tirik qolish” poygasi deb nom olgan Parij-Dakarda ishtirok etishdi. 1996-yildan boshlab "KAMAZ-master" jamoasi 27 marotaba jahonning yetakchi ishlab chiqaruvchilari bilan bellashuvga chiqdi va 15 marotaba g‘alaba qozondi.