AQSh hisobda yanglishdi: Novak "ShO-2" deyarli tayyor, deb aytdi

Obuna bo‘lish
AQSh hisobda yanglishdi. Vashingtonning sanksiyalari va bosimiga qaramay, "Shimoliy oqim-2" (ShO-2) gaz quvuri 95 foizdan ko‘proq qurib bitkazildi. Loyihaning tayyorligiga bu bahoni Rossiya bosh vazir o‘rinbosari Aleksandr Novak berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, gaz quvuri loyihasi nima bo‘lganda ham amalga oshiriladi, chunki ishtirokchilar bunga qiziqish bildirmoqda. "ShO-2" Rossiyadan Germaniyaga Boltiq dengizi orqali gaz quvurining ikkita liniyasini qurishni o‘z ichiga oladi. Tarmoqlarning umumiy quvvati yiliga 55 milliard kubometr gazni tashkil etadi.
Loyihada Rossiyaning "Gazprom" kompaniyasi va Yevropaning qator kompaniyalari ishtirok etmoqda. AQSh “ShO-2”ga qarshi. Novakning fikriga ko‘ra, nima uchun Vashington gaz quvuri qurilishini buzishga urinmoqda – bu haqda videomizda.
Yangiliklar lentasi
0