O‘zbekistonliklarni Rossiyada transport sohasiga ishga jalb qilish muhokama qilindi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishGruzovie avtomobili
Gruzovie avtomobili  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.02.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyada transport va logistika sohasidagi ishlarga tashkillashtirilgan holda jalb qilish rejalashtirilmoqda.
TOShKENT, 15 fev — Sputnik. O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillari bilan Moskva viloyatida joylashgan “Delovie linii” (“Ishbilarmonlar yo‘nalishi”) transport-logistika kompaniyasi ofisida bo‘ldi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar qilmoqda.
“Kompaniya bosh direktorining o‘rinbosari Stanislav Yershov bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida Rossiya tomonining manfaatlarini hisobga olgan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishchi kadrlar bilan ta’minlash uchun O‘zbekistonda kadrlarni tanlab olish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi”, - deyilgan xabarda.
Ma’lum qilinishicha, “Delovie linii” kompaniyasi tashkilotlarga va jismoniy shaxslarga yuklarni tashish bo‘yicha transport-logistika xizmatlarini ko‘rsatib keladi.
Sbor urojaya klubniki v Krasnodarskom krae - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.02.2021
Rossiyaga migrantlarning kirishini soddalashtirish hukumatda faol muhokama qilinmoqda – Peskov
Ayni paytda butun Rossiya bo‘ylab kompaniyaning 240 ta bo‘limi mavjud bo‘lib, ularda 1 ming 400 dan ortiq o‘zbekistonlik mutaxassis mehnat qiladi.
O‘zbekistonlik migrantlar Rossiyada nafaqat qurilishlarda kerak – Postavnin 
Eslatib o‘tamiz, hozir Rossiyaning “PIK Industriya” AJ va “Texstroy” MChJ qurilish korxonalari ishlash uchun o‘zbekistonliklarni saralab olmoqda. Ochiq tanlov asosida suhbatdan o‘tgan fuqarolar Moskva shahriga jo‘nab ketmoqda. Kuni kecha fuqarolarning navbatdagi guruhi Moskvaga keldi.
Yangiliklar lentasi
0