Rossiya dunyodagi birinchi COVID-19ning britancha shtammini aniqlaydigan testni ro‘yxatga oldi

© RFPI i Sentr imeni Gamalei / Mediabankka o‘tishPervaya v mire vaksina ot koronavirusa
Pervaya v mire vaksina ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.02.2021
Obuna bo‘lish
Britancha shtammni aniqlaydigan dunyodagi birinchi testni Rospotrebnazdor Epidemilogiya markaziy ilmiy-tadqiqot instituti yaratgan va ro‘yxatga olgan.
TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Rossiyada koronavirusning britancha shtammini aniqlaydigan dunyodagi birinchi test-tizimi ro‘yxatga olindi. Bu haqda Rospotrebnadzor xabar qilmoqda.
Rabota aeroporta Vnukovo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.02.2021
Koronavirusning “britancha” shtammi alomatlari
Testni Rospotrebnazdor Epidemilogiya markaziy ilmiy-tadqiqot instituti yaratgan va ro‘yxatga olgan. Idora ma’lumotlariga ko‘ra, tasdiqlangan mutatsiya klinik namunalaridagi sinovlar uning yuqori aniqligini isbotlagan.
Ta’kidlanishicha, yangi texnologiya korovirusning har qanday mutatsiyasini aniqlash uchun reagent yaratish imkonini beradi.
2020 yil dekabr o‘rtalarida Buyuk Britaniyada SARS-CoV-2 koronavirusining yangi mutatsiyasi paydo bo‘lgani ayon bo‘lgan edi. Keyinroq Britaniya hukumati u eskisiga qaraganda tezroq tarqalishini xabar qildi.
Yangiliklar lentasi
0