O‘zbekiston rasmiylari Sankt-Peterburgda mehnat migrantlari bilan uchrashdi

© Agentstvo Vneshney trudovoy migratsiiVstrecha s trudovimi migrantami Sankt-Peterburg
Vstrecha s trudovimi migrantami Sankt-Peterburg - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.02.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston rasmiy vakillari Sankt-Peterburgda mehnat qilayotgan fuqarolari holidan xabar oldi va ularni bo‘lajak saylovlar, konsullikda ro‘yxatdan o‘tish haqida ogohlantirishdi.
TOShKENT, 15 fev - Sputnik. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillari, O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsuli va "Uzbekistan Airways" AJ vakillari Sankt-Peterburg shahrida bir necha yirik qurilish korxonalarida ishlayotgan mehnat migrantlari bilan uchrashuv o‘tkazishdi. 
Uchrashuv davomida mehnat migrantlariga oktabr oyida bo‘lib o‘tishi kutilayotgan prezident saylovi, konsullik ro‘yxatidan o‘tish, xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish va boshqa konsullik masalalari bo‘yicha tushuntirishlar berildi. 
Shu bilan birga fuqarolarga qonunlarga amal qilish, ekstremistik va diniy radikal guruhlar ta’siriga tushib qolmaslik bo‘yicha kerakli tavsiyalar berildi va mavzuga doir film namoyish etildi.
Eslatib o‘tamiz, "ENKA Inshaat ve Sanayi A.Sh." qurilish korxonalarida 500 nafarga yaqin mehnat migrantlari ishlaydi. Ularning 200 nafari 2021-yilning yanvar-fevral oylarida tashkillashtirilgan holda O‘zbekistondan jalb qilingan.
© Agentstvo Vneshney trudovoy migratsiiVstrecha s trudovimi migrantami Sankt-Peterburg
Vstrecha s trudovimi migrantami Sankt-Peterburg  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.03.2021
Yangiliklar lentasi
0