Fevral issiq ob-havo rekordini o‘rnatishda davom etadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVesna v Tashkente
Vesna v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.02.2021
Obuna bo‘lish
Fevral oyi O‘zbekiston aholisini anomal iliq ob-havo bilan xursand etmoqda. Hafta davomida ob-havo 17-20 daraja iliq, janubda esa 23-25 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Bu yilgi fevral oyi O‘zbekiston aholisini anomal iliq ob-havo bilan xursand qilishni davom ettirmoqda.
O‘zgidromet ma’lumotlariga qaraganda, hafta davomida quruq va juda iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
15 fevar kuni harorat iqlimiy meyordan 8-10 darajaga yuqori bo‘ladi. Ob-havo 15-20 daraja iliq, janubda esa 20-25 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
16 fevral kuni tog‘oldi tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, baland tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin.
Mamlakatning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. 21-fevral kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik ehtimoli kam. Dam olish kunlari harorat ko‘tarilishi davom etadi, kechalari 3-8 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda, kunduz kunlari esa havo 17-20 daraja iliqqacha, janubda 23-25 daraja iliqqacha isiydi.
Dam olish kunlari o‘rtacha kecha-kunduzlik havo harorati meyordan 10-12 darajaga yuqori bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0