https://oz.sputniknews.uz/20210214/Zhasur-Yakhshiboev-Polsha-klubiga-tdi-15995149.html
Jasur Yaxshiboyev Polsha klubiga o‘tdi
Jasur Yaxshiboyev Polsha klubiga o‘tdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik yarim himoyachi o‘tgan mavsumda Polsha birinchiligida zafar quchgan “Legiya” jamoasiga qo‘shildi. 14.02.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-02-14T10:48+0500
2021-02-14T10:48+0500
2021-02-14T10:48+0500
sport
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/0e/15995112_0:121:1200:796_1920x0_80_0_0_258b9d07f9f711073e78475f7178b835.jpg
TOShKENT, 14 fev — Sputnik. O‘zbekistonlik futbolchi o‘z faoliyatini Polshada davom ettiradi.Varshava jamoasi Yaxshiboyev bilan 2023-yilning 30-iyuniga qadar shartnoma tuzdi. Shartnomada uni uzaytirish mumkinligi haqida band ham bor. Bunga qadar Yaxshiboyev Belarus oliy ligasi ishtirokchilari “Shaxtor-Soligorsk” hamda “Energetik-BGU” safida ishonchli o‘yin ko‘rsatib, 27 ta uchrashuvda 16 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol etgan edi.Ma’lumot o‘rnida, “Legiya” jamoasi o‘tgan mavsumda Polsha birinchiligida zafar quchib, bosh sovrinni qo‘lga kiritgan. Ushbu mavsumda esa ular 32 ochko bilan turnir jadvalining 2-pog‘onasidan joy olgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/0e/15995112_0:8:1200:908_1920x0_80_0_0_4fc1c06040bacb2f912ca591ad634af1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport
Jasur Yaxshiboyev Polsha klubiga o‘tdi
O‘zbekistonlik yarim himoyachi o‘tgan mavsumda Polsha birinchiligida zafar quchgan “Legiya” jamoasiga qo‘shildi.
TOShKENT, 14 fev — Sputnik. O‘zbekistonlik futbolchi o‘z faoliyatini Polshada davom ettiradi.
Varshava jamoasi Yaxshiboyev bilan 2023-yilning 30-iyuniga qadar shartnoma tuzdi. Shartnomada uni uzaytirish mumkinligi haqida band ham bor.
Bunga qadar Yaxshiboyev Belarus oliy ligasi ishtirokchilari “Shaxtor-Soligorsk” hamda “Energetik-BGU” safida ishonchli o‘yin ko‘rsatib, 27 ta uchrashuvda 16 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol etgan edi.
Ma’lumot o‘rnida, “Legiya” jamoasi o‘tgan mavsumda Polsha birinchiligida zafar quchib, bosh sovrinni qo‘lga kiritgan. Ushbu mavsumda esa ular 32 ochko bilan turnir jadvalining 2-pog‘onasidan joy olgan.