https://oz.sputniknews.uz/20210214/Mutakhassislarning-khorizhda-talim-olishini-tashkil-etish-tizimi-tubdan-ayta-krib-chiiladi-15995968.html
Mutaxassislarning xorijda ta’lim olishini tashkil etish tizimi tubdan qayta ko‘rib chiqiladi
Mutaxassislarning xorijda ta’lim olishini tashkil etish tizimi tubdan qayta ko‘rib chiqiladi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident farmoni bilan “El-yurt umidi” jamg‘armasining qo‘shimcha vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari belgilandi. 14.02.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-02-14T13:40+0500
2021-02-14T13:40+0500
2021-02-14T13:40+0500
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/08/15961707_0:183:3072:1911_1920x0_80_0_0_9af33ba68dcaad8310210bdc49348a97.jpg
TOShKENT, 14 fev — Sputnik. “Davlat xizmatchilari va mutaxassislarni xorijda tayyorlash hamda ularning salohiyatini yanada oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.Farmonga muvofiq, “El-yurt umidi” jamg‘armasining qo‘shimcha vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari belgilandi.Shunga ko‘ra, mutaxassislarni izlab topish, tanlash va ularning xorijda ta’lim olishini tashkil etish tizimi tubdan qayta ko‘rib chiqiladi.Bunda:
ochiq stipendiya tanlovlari asosida xorijda bakalavriat, magistratura va doktoranturada ta’lim olish dasturlari Jamg‘armaning asosiy ta’lim dasturlari hisoblanadi;
Jamg‘arma ta’lim dasturlari bo‘yicha nomzodlarni saralash tanlovi muntazam ravishda va O‘zbekistonning barcha fuqarolari uchun ularning respublikadagi ish va o‘qish joyidan qat’i nazar ochiq tarzda amalga oshiriladi;
Jamg‘arma tomonidan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri buyurtmalari asosida istiqbolli va talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha stajirovkadan o‘tish dasturlari tashkil etiladi.
Jamg‘arma ta’lim dasturlari bo‘yicha nomzodlarning ochiq saralash tanlovi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi:- davlat va jamiyat boshqaruvi;- qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq sohasi;- ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa ijtimoiy soha tarmoqlari;- iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari.Jamg‘arma 2021-yilda ochiq stipendiya tanlovlari asosida yoshlarning nufuzli xorijiy mamlakatlarda bakalavriat dasturi bo‘yicha ta’lim olishi uchun 100 ta o‘rin, magistratura va doktoranturada o‘qish uchun avvalgi yillarga nisbatan o‘rtacha 5 barobar ko‘p o‘rin ajratadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/08/15961707_179:0:2910:2048_1920x0_80_0_0_57ac5d6dacafae3e849837b02928ead6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat
Mutaxassislarning xorijda ta’lim olishini tashkil etish tizimi tubdan qayta ko‘rib chiqiladi
Prezident farmoni bilan “El-yurt umidi” jamg‘armasining qo‘shimcha vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari belgilandi.
TOShKENT, 14 fev — Sputnik. “Davlat xizmatchilari va mutaxassislarni xorijda tayyorlash hamda ularning salohiyatini yanada oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident
farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, “El-yurt umidi” jamg‘armasining qo‘shimcha vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari belgilandi.
Shunga ko‘ra, mutaxassislarni izlab topish, tanlash va ularning xorijda ta’lim olishini tashkil etish tizimi tubdan qayta ko‘rib chiqiladi.
- ochiq stipendiya tanlovlari asosida xorijda bakalavriat, magistratura va doktoranturada ta’lim olish dasturlari Jamg‘armaning asosiy ta’lim dasturlari hisoblanadi;
- Jamg‘arma ta’lim dasturlari bo‘yicha nomzodlarni saralash tanlovi muntazam ravishda va O‘zbekistonning barcha fuqarolari uchun ularning respublikadagi ish va o‘qish joyidan qat’i nazar ochiq tarzda amalga oshiriladi;
- Jamg‘arma tomonidan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri buyurtmalari asosida istiqbolli va talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha stajirovkadan o‘tish dasturlari tashkil etiladi.
Jamg‘arma ta’lim dasturlari bo‘yicha nomzodlarning ochiq saralash tanlovi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi:
- davlat va jamiyat boshqaruvi;
- qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq sohasi;
- ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa ijtimoiy soha tarmoqlari;
- iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari.
Jamg‘arma 2021-yilda ochiq stipendiya tanlovlari asosida yoshlarning nufuzli xorijiy mamlakatlarda bakalavriat dasturi bo‘yicha ta’lim olishi uchun 100 ta o‘rin, magistratura va doktoranturada o‘qish uchun avvalgi yillarga nisbatan o‘rtacha 5 barobar ko‘p o‘rin ajratadi.