https://oz.sputniknews.uz/20210214/Bukhoro-shariga-yangi-okim-tayinlandi-15995102.html
Buxoro shahriga yangi hokim tayinlandi
Buxoro shahriga yangi hokim tayinlandi
Sputnik O‘zbekiston
Buxoro shahar hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelayotgan O‘tkir Jumayev Buxoro shahri hokimi etib tasdiqlandi. 14.02.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-02-14T10:27+0500
2021-02-14T10:27+0500
2021-02-14T10:27+0500
siyosat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/0e/15995060_0:128:1200:807_1920x0_80_0_0_73d9c898e77c24e70eb95985f840a9f3.jpg
TOShKENT, 14 fev — Sputnik. O‘tkir Jumayev Buxoro shahar hokimi etib tasdiqlandi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.Xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashining navbatdagi sessiyasida Buxoro viloyat hokimining 2021-yil 12-fevraldagi tegishli qaroriga asosan Buxoro shahar hokimi lavozimiga O‘tkir Hikmatovich Jumayevni tasdiqlash masalasi ovozga qo‘yildi. Nomzod deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqladi.O‘tkir Jumayev 1975-yilda Buxoro viloyati Romitan tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 1997-yil Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutini, 2011-yil O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini bitirgan.Jumayev mehnat faoliyatini 1997-yilda «Buxorosuvqurilish” aksionerlik jamiyatining 37-son ko‘chma mexanizatsiyalashgan kolonnasi ishlab chiqarish bo‘limi muhandisligidan boshlagan.2009-2010 yillarda «Buxoroavtoyo‘l” hududiy yo‘llardan foydalanish davlat korxonasi direktori, 2011-2012 yillarda «Buxoroavtoyo‘l” hududiy yo‘llardan foydalanish davlat tashkiloti direktori, 2012-2015 yillarda «KNAUF GIPS BUXORO” MChJ shaklidagi xorijiy korxona o‘quv markazi boshlig‘i, 2015-2019 yillarda «KNAUF GIPS BUXORO” MChJ shaklidagi xorijiy korxona direktorining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida mehnat qilgan.U 2020-yil mart oyida Buxoro shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20210122/Bukhoro-viloyatiga-okim-tasdilandi-15844579.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/0e/15995060_0:90:1200:845_1920x0_80_0_0_2292ddc93dbe4d0729e705a623b5e667.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat
Buxoro shahriga yangi hokim tayinlandi
Buxoro shahar hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelayotgan O‘tkir Jumayev Buxoro shahri hokimi etib tasdiqlandi.
TOShKENT, 14 fev — Sputnik. O‘tkir Jumayev Buxoro shahar hokimi etib tasdiqlandi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati
xabar qilmoqda.
Xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashining navbatdagi sessiyasida Buxoro viloyat hokimining 2021-yil 12-fevraldagi tegishli qaroriga asosan Buxoro shahar hokimi lavozimiga O‘tkir Hikmatovich Jumayevni tasdiqlash masalasi ovozga qo‘yildi. Nomzod deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqladi.
O‘tkir Jumayev 1975-yilda Buxoro viloyati Romitan tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 1997-yil Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutini, 2011-yil O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini bitirgan.
Jumayev mehnat faoliyatini 1997-yilda «Buxorosuvqurilish” aksionerlik jamiyatining 37-son ko‘chma mexanizatsiyalashgan kolonnasi ishlab chiqarish bo‘limi muhandisligidan boshlagan.
2009-2010 yillarda «Buxoroavtoyo‘l” hududiy yo‘llardan foydalanish davlat korxonasi direktori, 2011-2012 yillarda «Buxoroavtoyo‘l” hududiy yo‘llardan foydalanish davlat tashkiloti direktori, 2012-2015 yillarda «KNAUF GIPS BUXORO” MChJ shaklidagi xorijiy korxona o‘quv markazi boshlig‘i, 2015-2019 yillarda «KNAUF GIPS BUXORO” MChJ shaklidagi xorijiy korxona direktorining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida mehnat qilgan.
U 2020-yil mart oyida Buxoro shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi.