18 yoshga to‘lmaganlar bilan jinsiy aloqa qilish uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirildi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishSledstvenniy izolyator, arxivnoe foto
Sledstvenniy izolyator, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.02.2021
Obuna bo‘lish
“O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun qabul qilindi.
TOShKENT, 13 fev — Sputnik. O‘zbekistonda 18 yoshga to‘lmaganlar bilan jinsiy aloqa qilish uchun jinoiy javobgarlik o‘rnatildi.
Podrostki v mashine detskogo priyemnika-raspredelitelya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.02.2021
Voyaga yetmagan shaxslarni yaxshiroq himoya qilish uchun Jinoyat kodeksi o‘zgartirilmoqda
“O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun qabul qilindi.
Xujjatga muvofiq, Jinoyat kodeksi o‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxsning o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan holda unga moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish orqali u bilan jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish uchun javobgarlikni belgilaydigan modda bilan to‘ldirilmoqda.
Bunday xatti-harakatlarni amalga oshirganlar uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki 2-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Yangiliklar lentasi
0