Prokuratura va IIV tizimida yangi tayinlovlar

© Sputnik/Viktor TolochkoPismenniy nabor glavi gosudarstva
Pismenniy nabor glavi gosudarstva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.02.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prokuratura va IIV tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi - Shavkat Mirziyoyev tegishli prezident farmon va qarorlarni imzoladi.
TOShKENT, 12 fev — Sputnik. O‘zbekiston prokuratura va IIVda yangi tayinlovlar amalga oshirildi - Shavkat Mirziyoyev tegishli prezident farmon va qarorlarni imzoladi.
Avtomobil pravooxranitelnix organov Uzbekistana na meste DTP - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.02.2021
O‘zbekiston IIV 2020-yilda xizmat vaqtida vafot etgan xodimlar sonini ochiqladi
Yaxojon Artikboyevich Abdulxakov O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Tergov departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Najmiddin Sadirovich Turaxodjayev O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Baxodir Axmedovich Matlyubov O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.
Rustam Abduganiyevich Xatamov Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Abduxalim Xolmaxmatov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Bahriddin Bahodirovich Valiyev O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Yangiliklar lentasi
0