Migrantlar yetishmasligi Rossiya iqtisodiyotiga tahdid solmoqda- Bloomberg

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishSneg v Moskve
Sneg v Moskve  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.02.2021
Obuna bo‘lish
Mehnat migrantlarining yetishmovchiligi 10-yil ichida YaIMning 25 bazaviy bandga yillik pasayishiga olib kelishi mumkin.
TOShKENT, 11 fev — Sputnik. Ishchi kuchining qisqarishi Rossiya iqtisodiyotiga tahdid solmoqda, deb yozmoqda Bloomberg axborot agentligi.
Sbor urojaya klubniki v Krasnodarskom krae - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.02.2021
Rossiyaga migrantlarning kirishini soddalashtirish hukumatda faol muhokama qilinmoqda – Peskov
Hisob-kitoblarga ko‘ra, mehnat migrantlarining yetishmovchiligi 10-yil ichida YaIMning 25 bazaviy bandga yillik pasayishiga olib kelishi mumkin.
Tahlilchilar uzoq muddatli istiqbolda ishchi kuchi kamayishini bashorat qilmoqda. Ularning fikriga ko‘ra, Rossiya iqtisodiyoti uchun vaziyat hatto neft narxi ko‘tarilgan taqdirda ham xavotirli bo‘lib qoladi.
Qayd etilishicha, migrantlarning etishmasligi tufayli ko‘plab korxonalar, xususan, qurilish kompaniyalari mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga nomzodlarni topish uchun maoshlarni oshirishga majbur bo‘lishdi. Biroq, qurilish maydonlarida ishchilar yetishmasligi hali ham mavjud.
Bloomberg ommaviy emlash migrantlar oqimini tiklashi mumkin deb hisoblaydi, ammo Markaziy Osiyo aksariyat davlatlarida vaksinalar yetarli emas.
Avvalroq Rossiya kompaniyalari dalada mavsumiy ish olib borish uchun ishchi kuchining tanqisligiga duch kelgani haqida xabar berilgan edi. Ular hukumatdan istisno tariqasida migrantlar uchun chegara ochilishini so‘rashgandi. Hududlar ishchi kuchi yetishmovchiligini 38,2 ming kishiga baholagan. Qishloq xo‘jaligi xodimlarining ta’kidlashicha, mahalliy aholi ishlashni xohlamaydi yoki zarur ko‘nikmalarga ega emas.
Yangiliklar lentasi
0