Beruniyda mansabdorlar 872 mln so‘mlik mineral o‘g‘itlarni talon-toroj qildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.02.2021
Obuna bo‘lish
Beruniyda filial mansabdor shaxslari o‘zlariga ishonib topshirilgan qiymati 872,4 mln so‘mlik 446,9 tonna mineral o‘g‘itlarini talon-toroj qilgan.
TOShKENT, 11 fev — Sputnik. Qoraqalpog‘istoning Beruniy tumanida 872,4 mln so‘mlik mineral o‘g‘itlar talon-toroj qilinganligi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Sputnik” nashriga ma’lum qildi.
Rekonstruksii vodoprovoda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.02.2021
Shofirkonda ichimlik suvi tarmoqlari rekonstruksiyasi bahonasida millionlar o‘marildi
“Qoraqalpoqagrokimohimoya” AJning murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda jamiyatning Beruniy tumani filiali mansabdor shaxslari “Markaziy” mineral o‘g‘itlari tarqatish shoxobchasiga kirim qilib, o‘zlariga ishonib topshirilgan qiymati 872,4 mln so‘mlik 446,9 tonna mineral o‘g‘itlarini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0