https://oz.sputniknews.uz/20210211/BSST-Ukhanda-nimani-aniladi-15978575.html
BSST Uxanda nimani aniqladi?
BSST Uxanda nimani aniqladi?
Sputnik O‘zbekiston
Safar yakunlari bo‘yicha uyushtirilgan matbuot-anjumanida olimlar, virus 2019-yilning dekabrida Uxan bo‘ylab, nafaqat Xuanan bozori ichida, balki uning tashqarisida... 11.02.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-02-11T12:16+0500
2021-02-11T12:16+0500
2021-02-11T12:16+0500
dunyoda
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1388/37/13883717_0:310:3072:2048_1920x0_80_0_0_b195731d6c21adebbe5ac0d8dd128083.jpg
TOShKENT, 11 fev — Sputnik, Sofya Melnichuk. XXR rahbariyati BSST tomonidan o‘tkazilgan surishtiruvning birinchi natijalaridan mamnun bo‘lishi mumkin. Koronavirus infeksiyasi Uxandagi virusologiya instituti laboratoriyasidan sizib ketgani rad etildi. Shu bilan birga kovid Xitoyga masalan, muzlatilgan mahsulot yorlig‘ida boshqa mamlakatdan kirib kelgani bilan bog‘liq taxminlar hamon hisobda turibdi. Ammo Pekin mamnuniyatini hamma ham hazm qilayotgan emas. BSST ekspertlari Uxanda nimani aniqlay olishgani haqida - RIA Novosti materialida o‘qing.BSST safariButunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakillari Uxanga shahar jahondagi yangi pandemiya episentriga aylanganidan so‘ng bir yil o‘tib tashrif buyurdi. Ekspertlar jamoasi ikki haftani karantinda o‘tkazdi. Mutaxassislar koronavirusning yangi turi qayerdan paydo bo‘lgani, inson organizmiga qanday tushib qolgani va hozirgi pandemiyada orttirilgan tajriba kelajakda bu singari fojialarning oldini olishga yordam berishi mumkinmi degan savollarga javob topishlari kerak edi.Ammo o‘n ikki kun davomida kasalxonalarni aylanish, bemorlarning tibbiy kartalarini o‘rganish, shifokorlar bilan suhbat, Uxan bozorini ko‘zdan kechirish, Virusologiya institutiga tashrif - mutaxassislarni bu jumboq yechimiga yaqinlashtira olmadi. Bundan tashqari, natijalar missiyaning biron bir ishga qodirligini gumon ostida qoldirdi - ekspertlar birorta savolga javob bera olmadilar.Safar yakunlari bo‘yicha uyushtirilgan matbuot-anjumanida olimlar, virus 2019-yilning dekabrida Uxan bo‘ylab, nafaqat Xuanan bozori ichida, balki uning tashqarisida ham tarqalgani haqida hikoya qildilar. Shunday ekan, SARS-CoV-2 virusining kelib chiqishi aynan bozordagi rasta bo‘lgan, deya ta’kidlash mumkinmas.BSST missiyasi viruning qo‘lbola kelib chiqishi haqidagi teoriyani "o‘ta ehtimoli kam", deya tan oldi. Laboratoriyalardagi xavfsizlik choralari standartlarga javob beradi, bu borada keyingi surishtiruvlar talab etilmaydi, deb bayonot qildi daniyalik missiya rahbari ekspert Piter Ben Embarek. U ushbu xulosalar turli idoralar, shu jumladan, virusologiya institutidagi "tadqiqotchilar va boshqaruvchilar bilan uzoq vaqt davom etgan, haqqoniy va ochiq munozaralar" asosida qilinganini ta’kidlab o‘tdi. U yerda olimlarga markazning joriy yil va o‘tmishdagi loyiha ishlari bo‘yicha, jumladan, ko‘pshapalaklar va koronaviruslar bo‘yicha ham barcha ma’lumotlar taqdim etildi.G‘arbdagi ayrim olimlar bunday xulosalarga ishonqiramay munosabatda bo‘lishdi. Ular fikricha, virusning laboratoriyada kelib chiqqan haqidagi versiyadan voz kechishga hali erta.BSST jamoasidagi xitoy tomoni vakili Lyan Vannyan jurnalistlarni institutda SARS-CoV-2 bilan bog‘liq emas, balki virusning uzoq "qarindoshi" bilan bog‘liq tajribalar o‘tkazilganini aytib, ishontirgan. Uning aytishicha, virus, ehtimol, tabiatda pangolinlar, mushuklar va qorakuzanlar orasida tarqalgan bo‘lishi mumkin.Embarek shuningdek, infeksiya insonga xuddi shunday tashuvchilardan biridan yuqqan bo‘lishi mumkinligiga ishora qilgan.Missiya rahbari keyingi surishtiruv, o‘rganishlarni muzlatilgan mahsulotlar saqlanadigan joylarda o‘tkazish kerakligini aytmoqda.Pekinda ham koronavirus XXRga import mahsulotlar orqali kirib kelgani haqidagi versiyani faol ilgari surishmoqda. Oxirgi avj olish holatlari chet eldan tovar qabul qiladigan portlarda yuz bergan. Shu bilan birga, xitoy hukumati aholini muzlatilgan pachkadan koronavirusni yuqtirib olish ehtimoli kamligini aytib ishontirganlar.Xitoyning kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi rahbari Szen Guan yangi koronavirus AQShda Uxandan ko‘ra ertaroq paydo bo‘lganini aytmoqda. Shu bois, amerika tomoni ham virusning kelib chiqish ehtimoli haqidagi surishtiruvga o‘z diqqatini jamlashi lozim, deydi u.Szen Guan AQSh laboratoriyalari dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida joylashganini eslatib o‘tib, Vashington, ularning faoliyatini koronavirus bilan bog‘liq holatdan qat’iy nazar shaffoflashtirishi lozimligini qayd etdi.Endilikda ayrim amerika OAVlari hozirgi vaziyat, ya’ni Uxanga BSST ekspertlari tomonidan uyushtirilgan safar faqatgina XXR foydasiga o‘ynaganini yozishmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20210204/BSST-eksperti-koronavirus-Ukhan-bozorida-paydo-blganiga-shuba-bildirdi-15930038.html
https://oz.sputniknews.uz/20210113/Khitoy-BSST-ekspertlarini-Ukhanda-ish-boshlashdan-avval-karantindan-tishga-mazhbur-etdi-15778505.html
https://oz.sputniknews.uz/20201221/COVID-19-paydo-blganidan-sng-bir-yil-tib-Ukhan-anday-yashamoda-15639780.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1388/37/13883717_0:118:3072:2048_1920x0_80_0_0_e5182128d6bc2ad0ac5e81ba6a190ce0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda
BSST Uxanda nimani aniqladi?
Safar yakunlari bo‘yicha uyushtirilgan matbuot-anjumanida olimlar, virus 2019-yilning dekabrida Uxan bo‘ylab, nafaqat Xuanan bozori ichida, balki uning tashqarisida ham tarqalgani haqida hikoya qildilar.
TOShKENT, 11 fev — Sputnik, Sofya Melnichuk. XXR rahbariyati BSST tomonidan o‘tkazilgan surishtiruvning birinchi natijalaridan mamnun bo‘lishi mumkin. Koronavirus infeksiyasi Uxandagi virusologiya instituti laboratoriyasidan sizib ketgani rad etildi. Shu bilan birga kovid Xitoyga masalan, muzlatilgan mahsulot yorlig‘ida boshqa mamlakatdan kirib kelgani bilan bog‘liq taxminlar hamon hisobda turibdi. Ammo Pekin mamnuniyatini hamma ham hazm qilayotgan emas. BSST ekspertlari Uxanda nimani aniqlay olishgani haqida - RIA Novosti materialida o‘qing.
Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakillari Uxanga shahar jahondagi yangi pandemiya episentriga aylanganidan so‘ng bir yil o‘tib tashrif buyurdi. Ekspertlar jamoasi ikki haftani karantinda o‘tkazdi. Mutaxassislar koronavirusning yangi turi qayerdan paydo bo‘lgani, inson organizmiga qanday tushib qolgani va hozirgi pandemiyada orttirilgan tajriba kelajakda bu singari fojialarning oldini olishga yordam berishi mumkinmi degan savollarga javob topishlari kerak edi.
Ammo o‘n ikki kun davomida kasalxonalarni aylanish, bemorlarning tibbiy kartalarini o‘rganish, shifokorlar bilan suhbat, Uxan bozorini ko‘zdan kechirish, Virusologiya institutiga tashrif - mutaxassislarni bu jumboq yechimiga yaqinlashtira olmadi. Bundan tashqari, natijalar missiyaning biron bir ishga qodirligini gumon ostida qoldirdi - ekspertlar birorta savolga javob bera olmadilar.
Safar yakunlari bo‘yicha uyushtirilgan matbuot-anjumanida olimlar, virus 2019-yilning dekabrida Uxan bo‘ylab, nafaqat Xuanan bozori ichida, balki uning tashqarisida ham tarqalgani haqida hikoya qildilar. Shunday ekan, SARS-CoV-2 virusining kelib chiqishi aynan bozordagi rasta bo‘lgan, deya ta’kidlash mumkinmas.
BSST missiyasi viruning qo‘lbola kelib chiqishi haqidagi teoriyani "o‘ta ehtimoli kam", deya tan oldi. Laboratoriyalardagi xavfsizlik choralari standartlarga javob beradi, bu borada keyingi surishtiruvlar talab etilmaydi, deb bayonot qildi daniyalik missiya rahbari ekspert Piter Ben Embarek. U ushbu xulosalar turli idoralar, shu jumladan, virusologiya institutidagi "tadqiqotchilar va boshqaruvchilar bilan uzoq vaqt davom etgan, haqqoniy va ochiq munozaralar" asosida qilinganini ta’kidlab o‘tdi. U yerda olimlarga markazning joriy yil va o‘tmishdagi loyiha ishlari bo‘yicha, jumladan, ko‘pshapalaklar va koronaviruslar bo‘yicha ham barcha ma’lumotlar taqdim etildi.
G‘arbdagi ayrim olimlar bunday xulosalarga ishonqiramay munosabatda bo‘lishdi. Ular fikricha, virusning laboratoriyada kelib chiqqan haqidagi versiyadan voz kechishga hali erta.
BSST jamoasidagi xitoy tomoni vakili Lyan Vannyan jurnalistlarni institutda SARS-CoV-2 bilan bog‘liq emas, balki virusning uzoq "qarindoshi" bilan bog‘liq tajribalar o‘tkazilganini aytib, ishontirgan. Uning aytishicha, virus, ehtimol, tabiatda pangolinlar, mushuklar va qorakuzanlar orasida tarqalgan bo‘lishi mumkin.
Embarek shuningdek, infeksiya insonga xuddi shunday tashuvchilardan biridan yuqqan bo‘lishi mumkinligiga ishora qilgan.
Missiya rahbari keyingi surishtiruv, o‘rganishlarni muzlatilgan mahsulotlar saqlanadigan joylarda o‘tkazish kerakligini aytmoqda.
Pekinda ham koronavirus XXRga import mahsulotlar orqali kirib kelgani haqidagi versiyani faol ilgari surishmoqda. Oxirgi avj olish holatlari chet eldan tovar qabul qiladigan portlarda yuz bergan. Shu bilan birga, xitoy hukumati aholini muzlatilgan pachkadan koronavirusni yuqtirib olish ehtimoli kamligini aytib ishontirganlar.
Xitoyning kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi rahbari Szen Guan yangi koronavirus AQShda Uxandan ko‘ra ertaroq paydo bo‘lganini aytmoqda. Shu bois, amerika tomoni ham virusning kelib chiqish ehtimoli haqidagi surishtiruvga o‘z diqqatini jamlashi lozim, deydi u.
Szen Guan AQSh laboratoriyalari dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida joylashganini eslatib o‘tib, Vashington, ularning faoliyatini koronavirus bilan bog‘liq holatdan qat’iy nazar shaffoflashtirishi lozimligini qayd etdi.
Endilikda ayrim amerika OAVlari hozirgi vaziyat, ya’ni Uxanga BSST ekspertlari tomonidan uyushtirilgan safar faqatgina XXR foydasiga o‘ynaganini yozishmoqda.