https://oz.sputniknews.uz/20210210/Kattaronda-yana-bir-IIO-khodimi-zhavobgarlikka-tortildi-15974996.html
Kattaqo‘rg‘onda yana bir “IIO xodimi” javobgarlikka tortildi
Kattaqo‘rg‘onda yana bir “IIO xodimi” javobgarlikka tortildi
Sputnik O‘zbekiston
23 yoshli yigit shahardagi 7-son Tergov hibsxonasi atrofida ichki ishlar organlari xodimlarining dala kiyimini kiyib sayr qilib yurgan. 10.02.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-02-10T17:20+0500
2021-02-10T17:20+0500
2021-02-10T17:21+0500
hodisalar
samarqand viloyati
kattaqo‘rg‘on tumani
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1287/23/12872340_0:94:3307:1954_1920x0_80_0_0_ac88e10d0cf9c9a5ef97136a7c2b4453.jpg
TOShKENT, 10 fev — Sputnik. Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida ichki ishlar xodimlarining kiyimini kiyib yurgan shaxs javobgarlikka tortildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qilmoqda.Ma’lum qilinishicha, shahardagi 7-son Tergov hibsxonasi atrofida ichki ishlar organlari xodimlarining dala kiyimini kiyib olgan shaxs IIB xodimlarida shubha uyg‘otganligi sababli undan xizmat guvohnomasini taqdim etish so‘ralgan. U esa xizmat guvohnomasi yo‘qligini aytgan.Ushbu shaxs Narpay tumani Chaqar qishlog‘ida yashovchi 23 yoshli Sh.M. ekanligi, egnidagi kiyimni taxminan 2 oy oldin 240 ming so‘mga tiktirgani oydinlashgan.Uning harakatlarida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 209-1-moddasi (Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar xodimlarining formali kiyim-boshini qonunga xilof ravishda kiyib yurish)da ko‘rsatilgan ma’muriy huquqbuzarlik alomati aniqlanganligi sababli unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.To‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar sudiga yuborilgan.Hozirda ushbu shaxsning harakatlari yuzasidan qo‘shimcha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda ichki ishlar organlari xodimining formasini kiyib, mashina kapotida sayr qilgan yigit va uni videoga yigitlar besh sutkaga qamalgani xabar qilingan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20210207/Layk-vasvasasi-Sirdarda-IIB-khodimi-kiyimida-rasga-tushgan-yigit-8-sutkaga-amaldi-15952376.html
kattaqo‘rg‘on tumani
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1287/23/12872340_288:0:3019:2048_1920x0_80_0_0_99144513f7b295102f7ab5fad2ab78ad.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hodisalar , samarqand viloyati, kattaqo‘rg‘on tumani
hodisalar , samarqand viloyati, kattaqo‘rg‘on tumani
Kattaqo‘rg‘onda yana bir “IIO xodimi” javobgarlikka tortildi
17:20 10.02.2021 (yangilandi: 17:21 10.02.2021) 23 yoshli yigit shahardagi 7-son Tergov hibsxonasi atrofida ichki ishlar organlari xodimlarining dala kiyimini kiyib sayr qilib yurgan.
TOShKENT, 10 fev — Sputnik. Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida ichki ishlar xodimlarining kiyimini kiyib yurgan shaxs javobgarlikka tortildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati
xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, shahardagi 7-son Tergov hibsxonasi atrofida ichki ishlar organlari xodimlarining dala kiyimini kiyib olgan shaxs IIB xodimlarida shubha uyg‘otganligi sababli undan xizmat guvohnomasini taqdim etish so‘ralgan. U esa xizmat guvohnomasi yo‘qligini aytgan.
Ushbu shaxs Narpay tumani Chaqar qishlog‘ida yashovchi 23 yoshli Sh.M. ekanligi, egnidagi kiyimni taxminan 2 oy oldin 240 ming so‘mga tiktirgani oydinlashgan.
Uning harakatlarida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 209-1-moddasi (Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar xodimlarining formali kiyim-boshini qonunga xilof ravishda kiyib yurish)da ko‘rsatilgan ma’muriy huquqbuzarlik alomati aniqlanganligi sababli unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
To‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar sudiga yuborilgan.
Hozirda ushbu shaxsning harakatlari yuzasidan qo‘shimcha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda ichki ishlar organlari xodimining formasini kiyib, mashina kapotida sayr qilgan yigit va uni videoga yigitlar besh sutkaga qamalgani
xabar qilingan edi.