Rasman: prezident saylovlari oktabr oyida o‘tkaziladi

© SIK UzbekistanaVibori v Uzbekistane
Vibori v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.02.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda prezident, parlament saylovlari oktabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkazilishi belgilandi.
TOShKENT, 9 fev — Sputnik. “Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.
O‘zgartirishga ko‘ra, prezidentlikka saylov, Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga,  Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda – oktabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkazilishi belgilandi (ilgari dekabr oyida  edi).
Shuningdek, saylovlarni o‘tkazish bo‘yicha saylov uchastkalari tumanlar va shaharlar hokimliklarining taqdimnomasiga binoan okrug saylov komissiyalari tomonidan, tuman, shahar Kengashlari deputatlari saylovini o‘tkazish bo‘yicha saylov uchastkalari esa tuman, shahar saylov komissiyalari tomonidan tuziladi (ilgari saylov uchastkalari tuman va shaharlar hokimliklari taqdimnomasiga binoan okrug saylov komissiyalari tomonidan tuzilgan).
Amal Saidov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.02.2021
O‘zbekiston prezidenti saylovlari 24-oktabrga belgilandi - Saidov
Endilikda Xalq deputatlari tuman, shahar (bundan xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi mustasno) Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyalari tuzilmaydi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Senat o‘n ikkinchi yalpi majlisida prezident saylovlari sanasini oktabrga ko‘chirishni nazarda tutuvchi qonunni ma’qullagan edi.
Yangiliklar lentasi
0