Tabiiy ofat: Hindistonda muz ko‘chishi - video

Obuna bo‘lish
Hindistonda muz ko‘chishi oqibatida 10 kishi qurbon bo‘ldi politsiya bedarak yo‘qolgan yana 60 kishini qidirmoqda.
Hindiston shimolidagi Uttarakxanda shtatida sodir bo‘lgan muz kchishi oqibatida Himalay tog‘laridan oqib tushuvchi Alaknanda darosi qirg‘oqlaridan oshib bir necha uy va infratuzilma obyektlarni suv va muz bosib qolgan.
Tabiiy ofat oqibatida jami 150 nafarga kishilar bedarak yo‘qolgan, deb xabar qilmoqda mahalliy hokimiyat. Qutqaruv operatsiyasida 250 nafar chegara politsiyasi va yana 600 nafar ko‘ngilli fuqarolar ishtirok etmoqda. 
Ayni damda Uttarakxanda shatati hukumati daryo qirg‘oqlarida joylashgan aholini xavfsiz joyga ko‘chirish tadbirlarini amalga oshirmoqda. Shrinagar, Rishikesh va Xaridvar shaharlarida joylashgan suv omborlari katta miqdorda suv tashlashni boshlagan.
Ayni damda vafot etgan 10 kishining jasadi topilgan. 
Yangiliklar lentasi
0