https://oz.sputniknews.uz/20210207/Sputnik-V-vaktsinasi-SSSR-davridan-buyon-eng-yirik-ilmiy-yutuq-deb-aytildi-15952792.html
“Sputnik V” vaksinasi SSSR davridan buyon eng yirik ilmiy yutuq deb aytildi
“Sputnik V” vaksinasi SSSR davridan buyon eng yirik ilmiy yutuq deb aytildi
Sputnik O‘zbekiston
“Bloomberg” agentligi “Sputnik V” vaksinasini SSSR davridan buyon eng yirik ilmiy yutuq deb e’tirof etdi. 07.02.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-02-07T13:23+0500
2021-02-07T13:23+0500
2021-02-07T13:56+0500
dunyoda
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/04/15936378_0:310:3072:2048_1920x0_80_0_0_bb7bb20f918f598c0a69e89f7621514d.jpg
TOShKENT, 7 fev — Sputnik. Rossiya dunyodagi koronavirusga qarshi birinchi vaksinani taqdim etib, ehtimol, SSSR davridan buyon eng yirik ilmiy yutuqqa erishdi. “Bloomberg” agentligi shunday fikrni bildirdi.Ta’kidlanishicha, “The Lancet” jurnali chop qilgan “Sputnik V” vaksinasining uchinchi bosqich klinik tadqiqotlari natijalari Rossiya vaksinasi Amerika va Yevropanikidan qolishmasligi va Xitoy preparatiga qaragandan ancha samaraliroq ekanini ko‘rsatgan.Agentlikning yozishicha, maqola chop qilingandan so‘ng ko‘plab mamlakatlar “Sputnik V” vaksinasini xarid istagida navbatga turishgan. 19 tadan kam bo‘lmagan davlatlar vaksinani allaqachon ma’qullagan, jumlagan, Yevropa Ittifoqi a’zosi Vengriya. Braziliya va Hindiston esa uni ma’qullash arafasida.Maqola mualliflari pandemiya ustidan g‘alaba qozonish uchun boshlangan global jangda “vaksinalar poygasi” geosiyosiy ahamiyatga ega bo‘lganini ta’kidlashgan.Xabarda Rossiya preparatining koronavirusga qarshi kurashdagi muvaffaqiyati Moskvaning, xususan, Lotin Amerikasida geosiyosiy ta’sirini kuchaytirishi mumkinligi qayd etilgan.“Rossiya, ehtimol, sovet davridan buyon o‘zining eng yirik ilmiy yutug‘iga erishdi”, - deya xulosa qilingan.Gamaleya nomidagi markaz tomonidan Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi ko‘magida ishlab chiqarilgan "Sputnik V" vaksinasi koronavirusga qarshi ro‘yxatga olingan birinchi vaksinadir: Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi 2020-yilning avgustida bu jarayonni amalga oshirgan.Obro‘li tibbiyot jurnal hisoblangan “The Lancet” bir necha kun avval "Sputnik V" uchinchi bosqich tadqiqotlari natijalarini e’lon qildi. Preparat yuqori samaradorlik, immunogenlik, xavfsizlik natijadorlikni namoyish etdi.Bugungi kunda "Sputnik V" vaksinasi 20 dan ziyod mamlakatda ro‘yxatdan o‘tkazilgan: Belarus, Vengriya, Argentina, Venesuela, Armaniston, Turkmaniston, BAA, Eron shular jumlasidan.O‘tgan yilning dekabr oyida O‘zbekistonga klinik tadqiqotlar uchun 100 doza "Sputnik V" yetkazib berilgan edi.Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin yaqinda o‘zbekistonlik hamkasbi Abdulla Aripov bilan uchrashuvda Rossiya O‘zbekiston bilan vaksina yetkazib berish borasida hamkorlik qilishdan umidvorligini bildirgan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20210204/Rossiya-vaktsinasi-arbni-ayratga-soldi---Welt-15930377.html
https://oz.sputniknews.uz/20210118/Rossiya-pul-ortidan-uvmaydi-Evropada-Sputnik-V-vaktsinasini-imoya-ilishdi-15811207.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/04/15936378_0:118:3072:2048_1920x0_80_0_0_cd3cd603b24bb7a2590dac5f6f164a96.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda
“Sputnik V” vaksinasi SSSR davridan buyon eng yirik ilmiy yutuq deb aytildi
13:23 07.02.2021 (yangilandi: 13:56 07.02.2021) “Bloomberg” agentligi “Sputnik V” vaksinasini SSSR davridan buyon eng yirik ilmiy yutuq deb e’tirof etdi.
TOShKENT, 7 fev — Sputnik. Rossiya dunyodagi koronavirusga qarshi birinchi vaksinani taqdim etib, ehtimol, SSSR davridan buyon eng yirik ilmiy yutuqqa erishdi. “Bloomberg” agentligi shunday
fikrni bildirdi. Ta’kidlanishicha, “The Lancet” jurnali chop qilgan
“Sputnik V” vaksinasining uchinchi bosqich klinik tadqiqotlari natijalari Rossiya vaksinasi Amerika va Yevropanikidan qolishmasligi va Xitoy preparatiga qaragandan ancha samaraliroq ekanini ko‘rsatgan.
Agentlikning yozishicha, maqola chop qilingandan so‘ng ko‘plab mamlakatlar “Sputnik V” vaksinasini xarid istagida navbatga turishgan. 19 tadan kam bo‘lmagan davlatlar vaksinani allaqachon ma’qullagan, jumlagan, Yevropa Ittifoqi a’zosi Vengriya. Braziliya va Hindiston esa uni ma’qullash arafasida.
Maqola mualliflari pandemiya ustidan g‘alaba qozonish uchun boshlangan global jangda “vaksinalar poygasi” geosiyosiy ahamiyatga ega bo‘lganini ta’kidlashgan.
Xabarda Rossiya preparatining koronavirusga qarshi kurashdagi muvaffaqiyati Moskvaning, xususan, Lotin Amerikasida geosiyosiy ta’sirini kuchaytirishi mumkinligi qayd etilgan.
“Rossiya, ehtimol, sovet davridan buyon o‘zining eng yirik ilmiy yutug‘iga erishdi”, - deya xulosa qilingan.
Gamaleya nomidagi markaz tomonidan Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi ko‘magida ishlab chiqarilgan "Sputnik V" vaksinasi koronavirusga qarshi ro‘yxatga olingan birinchi vaksinadir: Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi 2020-yilning avgustida bu jarayonni amalga oshirgan.
Obro‘li tibbiyot jurnal hisoblangan “The Lancet” bir necha kun avval "Sputnik V" uchinchi bosqich tadqiqotlari natijalarini e’lon qildi. Preparat yuqori samaradorlik, immunogenlik, xavfsizlik natijadorlikni namoyish etdi.
Bugungi kunda "Sputnik V" vaksinasi 20 dan ziyod mamlakatda ro‘yxatdan o‘tkazilgan: Belarus, Vengriya, Argentina, Venesuela, Armaniston, Turkmaniston, BAA, Eron shular jumlasidan.
O‘tgan yilning dekabr oyida O‘zbekistonga klinik tadqiqotlar uchun 100 doza "Sputnik V" yetkazib berilgan edi.
Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin yaqinda o‘zbekistonlik hamkasbi Abdulla Aripov bilan uchrashuvda Rossiya O‘zbekiston bilan vaksina yetkazib berish borasida hamkorlik qilishdan umidvorligini
bildirgan edi.