AQShda Tramp bayonoti va Kapitoliyning ishg‘ol qilinishi necha pulga tushgani hisoblab chiqildi

© REUTERS / Stephanie Keith Uchastniki aksii protesta storonnikov deystvuyushego prezidenta SShA Donalda Trampa u zdaniya kongressa v Vashingtone
Uchastniki aksii protesta storonnikov deystvuyushego prezidenta SShA Donalda Trampa u zdaniya kongressa v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.02.2021
Obuna bo‘lish
AQSh sobiq prezidenti Donald Trampning saylovlardagi soxtatalashtirish borasidagi bayonoti, Kapitoliy hududidagi tartibsizliklar qancha zarar keltirgani hisoblab chiqildi.
TOShKENT, 7 fev — Sputnik. AQSh sobiq prezidenti Donald Trampning saylovlardagi soxtatalashtirish borasidagi bayonoti, tegishli da’volarni ko‘rib chiqish hamda 6-yanvar kuni Kapitoliy hududidagi tartibsizliklar umumiy hisobda amerikalik soliq to‘lovchilarga 519 million dollarga tushdi. Bu haqda “The Washington Post” gazetasi federal va mahalliy hukumatning xarajat qaydlariga tayangan holda xabar qildi.
Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.01.2021
Tramp amerikaliklar bilan xayrlashdi
“Xarajatlar har kuni o‘sgan, chunki barcha darajadagi davlat tuzilmalari Tramp va uning tarafdorlarining xatti-harakatlariga munosabat bildirish uchun budjet mablag‘laridan foydalanishga majbur bo‘lishgan,  - deya yozadi nashr. – Xarajatlar o‘nlab da’volarga oid sud bojlari, tahdidga javoban saylov komissiyasi a’zolarini qo‘riqlashni kuchaytirish, 6-yanvar kuni Kapitoliy oldidagi isondan so‘ng qayta tiklash ishlarini o‘z ichiga olgan”.
Xususan, Vashingtonda mart oxiriga qadar yangi tartibsizliklar xavfi sabab Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarini joylashtirishga 480 million dollar sarflangan. 28 million dollar atrofida 20-yanvar kuni prezident inauguratsiyasi arafasida xavfsizlikni ta’minlash tadbirlariga yo‘naltirilgan. Bungacha 2,2 million dollar sud muhokamalari va saylov komissiyasi xodimlarining qo‘riqlashga ketgan.
Nashrning taxmin qilishicha, bu voqealar ortidan yetkazilgan zarar yuqorida keltirilgandan ziyod ham bo‘lishi mumkin.
Oltinchi yanvar kuni Donald Tramp tarafdorlari, o‘sha paytdagi amaldagi prezident, Vashingtondagi mitingdan keyin Kapitoliyga hujum uyushtirdi. Bu saylov yakunlarini muhokama qilayotgan kongressning ishi bir necha soatga to‘xtab qolishiga olib keldi. Tartibsizliklar natijasida bir namoyishchi va politsiya xodimi halok bo‘ldi. Yana uch kishi zo‘ravonlik bilan bog‘liq bo‘lmagan sabab tufayli vafot etdi. Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarini namoyishchilarni kongress binosidan haydab chiqargandan keyin Jo Baydenning saylovdagi g‘alabasi tasdiqlandi. Ko‘p o‘tmay kongress vakillari isonga dav’at etish ayblovi bilan Trampga impichment e’lon qilishdi.
Yangiliklar lentasi
0