https://oz.sputniknews.uz/20210206/zbekistonda-Khitoy-vaktsinasi-sinovlarida-2-doza-bilan-emlanganlar-1000-nafardan-oshdi-15950285.html
O‘zbekistonda Xitoy vaksinasi sinovlarida 2-doza bilan emlanganlar 1000 nafardan oshdi
O‘zbekistonda Xitoy vaksinasi sinovlarida 2-doza bilan emlanganlar 1000 nafardan oshdi
Sputnik O‘zbekiston
Tadqiqotda ishtirok etmoqchi bo‘lgan ko‘ngillilar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. Vazirlik vaksinaning ushbu sinovi 14 oy davom etishini ma’lum... 06.02.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-02-06T15:52+0500
2021-02-06T15:52+0500
2021-02-06T15:52+0500
yangiliklar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/i/logo/logo-social.png
TOShKENT, 6 fev - Sputnik. O‘zbekistonda koronavirusga qarshi ZF 2001 vaksinasining III bosqich sinovlari doirasida vaksina olgan fuqarolar soni 5 fevral holatiga ko‘ra 6484 kishiga yetdi. Bu haqda Telegram’dagi "Vaksinauz" kanali xabar berdi.Ma’lum qilinishicha, ZF 2001 vaksinasi sinovida ishtirok etish uchun umumiy tashrif buyurganlar 14 008 nafarni tashkil etgan bo‘lib, ulardan 6484 nafar ko‘ngilli vaksinaning 1-dozasi bilan va 1045 nafar ko‘ngilli vaksinaning 2-dozasi bilan emlangan.Vaksina olish istagida kelgan har bir fuqaro ro‘yxatdan o‘tkaziladi, ular bilan tushuntirish ishlari olib boriladi. Keyin esa tartib qoidaga muvofiq uning antropometrik belgilari — bo‘yi va vazni o‘lchanadi. Shuningdek, immunoferment (IFA) tahlil testini olishga ko‘rsatma beriladi. "Ushbu tekshiruvning natijasi 20 daqiqa ichida tayyor bo‘ladi. Bu orqali qonda virusga qarshi antitanachalar bor yoki yo‘qligiga aniqlik kiritiladi. Bu esa fuqaro oldin koronavirusga chalinmaganligini bilish uchun kerakli faktordir", — deyiladi xabarda.Tadqiqotda ishtirok etmoqchi bo‘lgan ko‘ngillilar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.Avvalroq O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vaziri Xitoy vaksinasi masalasida aholini xotirjamlikka chaqirib, sinovda oila a’zolari ham qatnashayotgani, Toshkentda davom etayotgan koronavirusga qarshi vaksinalar sinovida hozircha nojo‘ya ta’sir aniqlanmaganini ma’lum qilgandi. Shuningdek, vazirlik vaksinaning ushbu sinovi 14 oy davom etishini ma’lum qilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20210127/zbekistonda-4617-kishi-koronavirusga-arshi-emlandi-15876593.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yangiliklar
O‘zbekistonda Xitoy vaksinasi sinovlarida 2-doza bilan emlanganlar 1000 nafardan oshdi
Tadqiqotda ishtirok etmoqchi bo‘lgan ko‘ngillilar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. Vazirlik vaksinaning ushbu sinovi 14 oy davom etishini ma’lum qilgan.
TOShKENT, 6 fev - Sputnik. O‘zbekistonda koronavirusga qarshi ZF 2001 vaksinasining III bosqich sinovlari doirasida vaksina olgan fuqarolar soni 5 fevral holatiga ko‘ra 6484 kishiga yetdi. Bu haqda Telegram’dagi "Vaksinauz" kanali xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ZF 2001 vaksinasi sinovida ishtirok etish uchun umumiy tashrif buyurganlar 14 008 nafarni tashkil etgan bo‘lib, ulardan 6484 nafar ko‘ngilli vaksinaning 1-dozasi bilan va 1045 nafar ko‘ngilli vaksinaning 2-dozasi bilan emlangan.
Vaksina olish istagida kelgan har bir fuqaro ro‘yxatdan o‘tkaziladi, ular bilan tushuntirish ishlari olib boriladi. Keyin esa tartib qoidaga muvofiq uning antropometrik belgilari — bo‘yi va vazni o‘lchanadi. Shuningdek, immunoferment (IFA) tahlil testini olishga ko‘rsatma beriladi. "Ushbu tekshiruvning natijasi 20 daqiqa ichida tayyor bo‘ladi. Bu orqali qonda virusga qarshi antitanachalar bor yoki yo‘qligiga aniqlik kiritiladi. Bu esa fuqaro oldin koronavirusga chalinmaganligini bilish uchun kerakli faktordir", — deyiladi xabarda.
Tadqiqotda ishtirok etmoqchi bo‘lgan ko‘ngillilar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.
Avvalroq O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vaziri Xitoy vaksinasi masalasida aholini xotirjamlikka chaqirib, sinovda oila a’zolari ham qatnashayotgani, Toshkentda davom etayotgan koronavirusga qarshi vaksinalar sinovida hozircha nojo‘ya ta’sir aniqlanmaganini ma’lum qilgandi. Shuningdek, vazirlik vaksinaning ushbu sinovi 14 oy davom etishini ma’lum qilgan.