https://oz.sputniknews.uz/20210206/Dars-vatida-oini-parta-ustiga-chiarib-olgan-uvchilarning-ota-onalari-zharima-tladi-15950544.html
O‘zbekistonda o‘quvchilar dars payti oyoqlarini partaga chiqarib olishdi - ular qanday jazolandi
O‘zbekistonda o‘quvchilar dars payti oyoqlarini partaga chiqarib olishdi - ular qanday jazolandi
Sputnik O‘zbekiston
Maktab ichki tartib-qoidalari hamda o‘quvchi etikasiga rioya qilmagan uch nafar o‘quvchining ota-onasiga nisbatan jarima jazosi qo‘llanildi. 06.02.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-02-06T16:33+0500
2021-02-06T16:33+0500
2021-02-06T17:24+0500
yangiliklar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1370/34/13703404_0:0:3641:2048_1920x0_80_0_0_5b64c0dd47f8a3fc63ee08522f5353cb.jpg
TOShKENT, 6 fev - Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda dars vaqtida maktab sinf xonasida oyog‘ini parta ustiga qo‘yib axloqsizlik qilgan o‘quvchi va ularning ota-onalariga chora ko‘rildi, deb xabar bermoqda Xalq ta’limi vazirligi.Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan dars vaqtida axloqsizlik qilayotgan o‘quvchilarning shaxsi aniqlandi.Mazkur axloqsizliklar Samarqand viloyatidagi 77-maktabning 9-sinf o‘quvchilari tomonidan sodir etilganligi aniqlandi.Samarqand shahar hokimligi voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiya a’zolari hamda qator mutasaddi tashkilot vakillari ishtirokida ota-onalarning farzandlari tarbiyasida yo‘l qo‘yilgan xatolari muhokama qilindi. Ota-onalar farzand tarbiyasiga e’tiborsiz bo‘lgani uchun uzr so‘radi. O‘quvchilar axloqsiz xatti-harakatlari uchun pushaymon ekanligini bildirdi.Maktab ichki tartib-qoidalari hamda o‘quvchi etikasiga rioya qilmagan uch nafar o‘quvchining ota-onasiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47-moddasiga muvofiq jarima jazosi qo‘llanildi."Shu o‘rinda ota-onalardan farzand tarbiyasidagi har bir jarayon muhimligini yana bir bor eslatgan xolda, ularning tarbiyasiga e’tiborsiz bo‘lmasliklarini, maktab muqaddas dargoh, o‘qituvchi esa doim e’zozli va hurmatli inson ekanliklarini doimiy ravishda uqtirib borishlarini so‘rab qolamiz. Bu kabi xatti-harakatlar ularning kelajagida salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin", - deyiladi vazirlik murojaatida.
https://oz.sputniknews.uz/20210204/Zhizzakhda-maktab-uvchisi-omilador-ekanligi-anilandi-15931011.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1370/34/13703404_454:0:3185:2048_1920x0_80_0_0_d65fc8a10ac0a5249ef73bcfb4c62585.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yangiliklar
O‘zbekistonda o‘quvchilar dars payti oyoqlarini partaga chiqarib olishdi - ular qanday jazolandi
16:33 06.02.2021 (yangilandi: 17:24 06.02.2021) Maktab ichki tartib-qoidalari hamda o‘quvchi etikasiga rioya qilmagan uch nafar o‘quvchining ota-onasiga nisbatan jarima jazosi qo‘llanildi.
TOShKENT, 6 fev - Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda dars vaqtida maktab sinf xonasida oyog‘ini parta ustiga qo‘yib axloqsizlik qilgan o‘quvchi va ularning ota-onalariga chora ko‘rildi, deb xabar bermoqda Xalq ta’limi vazirligi.
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan dars vaqtida axloqsizlik qilayotgan o‘quvchilarning shaxsi aniqlandi.
Mazkur axloqsizliklar Samarqand viloyatidagi 77-maktabning 9-sinf o‘quvchilari tomonidan sodir etilganligi aniqlandi.
Samarqand shahar hokimligi voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiya a’zolari hamda qator mutasaddi tashkilot vakillari ishtirokida ota-onalarning farzandlari tarbiyasida yo‘l qo‘yilgan xatolari muhokama qilindi. Ota-onalar farzand tarbiyasiga e’tiborsiz bo‘lgani uchun uzr so‘radi. O‘quvchilar axloqsiz xatti-harakatlari uchun pushaymon ekanligini bildirdi.
Maktab ichki tartib-qoidalari hamda o‘quvchi etikasiga rioya qilmagan uch nafar o‘quvchining ota-onasiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47-moddasiga muvofiq jarima jazosi qo‘llanildi.
"Shu o‘rinda ota-onalardan farzand tarbiyasidagi har bir jarayon muhimligini yana bir bor eslatgan xolda, ularning tarbiyasiga e’tiborsiz bo‘lmasliklarini, maktab muqaddas dargoh, o‘qituvchi esa doim e’zozli va hurmatli inson ekanliklarini doimiy ravishda uqtirib borishlarini so‘rab qolamiz. Bu kabi xatti-harakatlar ularning kelajagida salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin", - deyiladi vazirlik murojaatida.