Buxorodagi portlash: qurilish noqonuniy bo‘lgani aytilmoqda

© Press-slujba MChS UzbekistanaV Buxare v stroyashemsya vosmietajnom dome proizoshol vzriv gaza
V Buxare v stroyashemsya vosmietajnom dome proizoshol vzriv gaza - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.02.2021
Obuna bo‘lish
Mazkur ko‘p qavatli binoning qurilish ishlari o‘zboshimchalik bilan boshlangani aytilmoqda. Loyiha viloyat shaharsozlik kengashida tasdiqlanmagan va ijobiy ekspertiza xulosasi olinmagan, deyiladi xabarda.
TOShKENT, 6 fev - Sputnik. Buxoro shahridagi yangi qurilgan uylarning birida gaz balloni portlagan edi. Qurilish vazirligi ushbu holat bo‘yicha o‘rganish ishlari natijasini e’lon qilar ekan, mazkur ko‘p qavatli binoning qurilish ishlari o‘zboshimchalik bilan boshlanganini aytmoqda.
V Navoi na stroyploshadke upal podyemniy kran - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.01.2021
Navoiydagi qurilishda ko‘tarma kran qulab tushdi
"Loyiha viloyat shaharsozlik kengashida tasdiqlanmagan va ijobiy ekspertiza xulosasi olinmagan", - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, ikki kun avval Favqulodda vaziyatlar vazirligi Buxoro shahridagi Islom Karimov ko‘chasida joylashgan qurilayotgan sakkiz qavatli binoda portlash sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘p qavatli binoning uchinchi qavatida gaz baloni portlagan. Natijada ikki kishi turli darajadagi tan jarohatlarini olgan.
Odin den s xokimom Yashnabada - Xojiakbarom Tillyashayxovim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.01.2021
Qurilish tashkilotlarining onlayn reytingi ishga tushirildi
Vazirlik axborotiga ko‘ra, Buxoro viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasidan qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun ro‘yxatdan o‘tmasdan qurilish-montaj ishlari olib borilgan. Shaharsozlik hujjatlarini to‘liq rasmiylashtirmasdan qurilish ishlarini olib borayotganligi uchun inspeksiya xodimlari tomonidan "WHITE GROUP TRADING" MChJ rahbariga ogohlantirish ham berilgan.
Viloyat va shahar hokimliklari hamda prokuratura organlariga bir necha bor chora ko‘rish uchun xatlar chiqarilgan.
Bundan tashqari, tasdiqlangan konsepsiya loyihasini buzib, o‘zboshimchalik bilan qavatlar sonini oshirganligi sababli sudga davo arizalari kiritilgan.
Yangiliklar lentasi
0