https://oz.sputniknews.uz/20210205/Mirziev-tomonidan-tazhribali-deb-matalgan-Bozorov-Farona-viloyati-okimiga-aylandi-15942426.html
Mirziyoyev tomonidan "tajribali", deb maqtalgan Bozorov Farg‘ona viloyati hokimiga aylandi
Mirziyoyev tomonidan "tajribali", deb maqtalgan Bozorov Farg‘ona viloyati hokimiga aylandi
Sputnik O‘zbekiston
Farg‘ona shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda 05.02.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-02-05T12:56+0500
2021-02-05T12:56+0500
2021-02-05T12:56+0500
siyosat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/09/19/15055308_0:159:3075:1889_1920x0_80_0_0_c0f5a1a17feea96a3d9607d36e214b34.jpg
TOShKENT, 5 fev - Sputnik. Ayni paytda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati kengashining navbatdan tashqari 26-sessiyasida davlat rahbari Xayrullo Bozorovni viloyat hokimi lavozimiga tavsiya qildi."Davlat rahbari 2020-yil sentabr oyidan buyon Farg‘ona viloyati hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Xayrullo Bozorov nomzodini Farg‘ona viloyati hokimi lavozimiga tavsiya etdi. Ovozga qo‘yish natijalariga ko‘ra, Xayrullo Bozorov Farg‘ona viloyatining hokimi etib tasdiqlandi", - deyiladi prezident matbuot-xizmati xabarida.Prezident Farg‘ona viloyati hokimi lavozimiga nomzodi tasdiqlangan Xayrullo Bozorov haqida fikr bildirarkan, xususan, shunday dedi: "Farg‘onaga tajribali, o‘ziga to‘q odam kerak, istarasi issiq odam kerak. Bu xalqqa munosib bo‘lish juda og‘ir, nihoyatda og‘ir. Namanganda qilgan ishlaringiz tarixda qoldi. Endi bu viloyat rivoji uchun har kuni izlanishda bo‘lishingiz zarur. Farg‘onadagi amaldorlarni kechagidek ishlashga qo‘ymayman", deya ta’kidlagan. Prezident so‘zlarida "Daryo" nashri iqtibos keltirgan.
https://oz.sputniknews.uz/20210128/Farona-viloyati-okimi-Senat-mitasi-tarkibidan-chiarildi-15880863.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/09/19/15055308_173:0:2902:2047_1920x0_80_0_0_48ea432ccf8db05a83ee1e10e1bf5f24.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat
Mirziyoyev tomonidan "tajribali", deb maqtalgan Bozorov Farg‘ona viloyati hokimiga aylandi
Farg‘ona shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda
TOShKENT, 5 fev - Sputnik. Ayni paytda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati kengashining navbatdan tashqari 26-sessiyasida davlat rahbari Xayrullo Bozorovni viloyat hokimi lavozimiga tavsiya qildi.
"Davlat rahbari 2020-yil sentabr oyidan buyon Farg‘ona viloyati hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Xayrullo Bozorov nomzodini Farg‘ona viloyati hokimi lavozimiga tavsiya etdi. Ovozga qo‘yish natijalariga ko‘ra, Xayrullo Bozorov Farg‘ona viloyatining hokimi etib tasdiqlandi", - deyiladi prezident matbuot-xizmati
xabarida.
Prezident Farg‘ona viloyati hokimi lavozimiga nomzodi tasdiqlangan Xayrullo Bozorov haqida fikr bildirarkan, xususan, shunday dedi: "Farg‘onaga tajribali, o‘ziga to‘q odam kerak, istarasi issiq odam kerak. Bu xalqqa munosib bo‘lish juda og‘ir, nihoyatda og‘ir. Namanganda qilgan ishlaringiz tarixda qoldi. Endi bu viloyat rivoji uchun har kuni izlanishda bo‘lishingiz zarur. Farg‘onadagi amaldorlarni kechagidek ishlashga qo‘ymayman", deya ta’kidlagan. Prezident so‘zlarida "Daryo" nashri
iqtibos keltirgan.