Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi O‘zbekistonda ilk bor iste’mol savatining qiymati hisoblab chiqdi.
Iste’mol savati tarkibiga oziq-ovqat mahsulotlaridan tashqari nooziq-ovqat kundalik uy-ro‘zg‘or buyumlari, kosmetika va dorilar, kommunal xizmat to‘lovlari va transport xarajatlari ham kiritilgan.
Mehnatga layoqatli fuqaro uchun hisoblab chiqilgan iste’mol savatining qiymati o‘rtacha - 2 157 000 so‘mni tashkil qildi. Uning tarkibiga oziq-ovqatlar (1,27 mln), shaxsiy gigiyena va xo‘jalik mollari (76 ming so‘m) hamda Xizmatlar va kommunal to‘lovlar (782 ming) kiritlgan.
Batafsil infografikamizda tanishing.