Aripov Mishustinga shaxsiy tashabbusi va yordami uchun minnatdorlik bildirdi

© Sputnik / Aleksandr Astafyev / Mediabankka o‘tishPredsedatel pravitelstva RF Mixail Mishustin i premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov (sprava) vo vremya vstrechi v Almati
Predsedatel pravitelstva RF Mixail Mishustin i premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov (sprava) vo vremya vstrechi v Almati - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.02.2021
Obuna bo‘lish
Aripov Mishustinga O‘zbekistonda soliq islohotlari va mahsulotlarni markirovka qilishda ko‘rsatgan shaxsiy yordami uchun minnatdorlik bildirdi.
TOShKENT, 5 fev - Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Mixail Mishustinga soliq islohotlari bo‘yicha yoradmi uchun minnatdorlik bildirdi. 
"Sizning tashabbusingiz bilan O‘zbekistonda biz soliq islohotini boshladik. Rossiya granti va texnik yordami tufayli biz ushbu ulkan institutsional tadbirning birinchi bosqichini yakunlamoqdamiz", - dedi Aripov Olma-Otada bo‘lib o‘tayotgan YeOII hukumatlararo uchrashuvi doirasida.
Vstrecha premyer-ministra Uzbekistana Abdulli Aripova i glavi pravitelstva RF Mixaila Mishustina - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.02.2021
Aripov va Mishustin Olma-Otada nimalar haqida suhbatlashdi - video
Abdulla Aripov aytishiga qaraganda O‘zbekiston soliq xizmatlari rahbarlari yaqinda hamkorlikning birinchi bosqichini tugatishgan. 
"Bizning soliq xizmatimiz rahbari menga yaqinda hisobot bergan edi. Soliq islohotlari borasida Rossiya bilan hamkorlik qilish muvaffaqiyatli kechmoqda. Ushbu hamkorlik juda yaxshi natija bermoqda. O‘zbekiston iqtisodini muvofiqlashtirishda va soliq tizimining to‘lov xususiyatini oshirishga xizmat qilmoqda. Buning uchun biz sizdan juda minnatdormiz", - dedi Abdulla Aripov. 
Undan tashqari O‘zbekiston bosh vazir Mishustinga O‘zbekistonda bugungi kunda amalga oshirilayotgan yana bir jarayon - tamaki va alkogol mahsulotlarini markirovka qilishda ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorlik bildirdi. 
"Bu borada ham siz o‘zingiz shaxsan yordam bergan edingiz va yordam bermoqdasiz - alkogol, tamaki mahsulotlarini, dori vositalari va elektronikani markirovka qilishda. Barcha yo‘nalishlar bo‘yicha aktiv faoliyat olib borilmoqda", - dedi bosh vazir.   
Eslatib o‘tamiz, bugun Olma-Ota shahrida Yevroosiyo hukumatlararo kengashi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Abdulla Aripov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ilk bor ishtirok etmoqda. 
Ma’lumot uchun, Mixail Mishustin 2020-yilning yanvar oyida Rossiya bosh vaziri lavozimiga tayinlanishiga qadar (2010 yildan boshlab) Rossiya Federal Soliq xizmati rahbari lavozimida ishlab kelgan edi.
Yangiliklar lentasi
0