Mirziyoyev: har bir yosh haqida ota-onasi qanday qayg‘ursa, men ham shunday qayg‘uraman

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil vinogradarskuyu kooperatsiyu «Fayzli boglar sari” v Altiarikskom rayone.
Shavkat Mirziyoyev posetil vinogradarskuyu kooperatsiyu «Fayzli boglar sari” v Altiarikskom rayone. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.02.2021
Obuna bo‘lish
Prezidentning Farg‘onadagi birinchi manzili Oltiariq tumanidagi “Fayzli bog‘lar sari” uzumchilik kooperatsiyasi bo‘ldi.
TOShKENT, 4 fev — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Farg‘onaga safari Oltiariq tumanidagi “Fayzli bog‘lar sari” uzumchilik kooperatsiyasiga tashrifdan boshlandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Prezident kelgan kooperatsiyaning 6 gektarlik tokzori o‘rnida ilgari paxtadan 20, g‘alladan 25 sentner hosil olinar edi. O‘tgan yili bu yerda bog‘ yaratilib, “husayni”, “kelin barmoq”, “rizamat” navli uzum ko‘chatlari ekilgan. Qator oralarida pomidor, bodring, ko‘katlar, qalampir va boshqa sabzavotlar yetishtirilmoqda. Tomchilatib sug‘orish tizimi joriy qilingan.
Bu maydon 51 nafar yoshga, jumladan, xorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlariga ajratib berilgan. Ular plonka ostiga sabzavotlar ekib, to‘rt martagacha hosil olishi mumkinligini aytishdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil vinogradarskuyu kooperatsiyu «Fayzli boglar sari” v Altiarikskom rayone.
Shavkat Mirziyoyev posetil vinogradarskuyu kooperatsiyu «Fayzli boglar sari” v Altiarikskom rayone. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.03.2021
“Har bir yosh haqida ota-onasi qanday qayg‘ursa, men ham shunday qayg‘uraman. Yoshlarni tezroq ish bilan ta’minlash uchun katta imkoniyatlarimizdan biri hozircha shu. Hayotda o‘rnini topgan insonda o‘ziga ishonch, intilish paydo bo‘ladi. Bugun yoshlarga daromad manbai yaratib, ish o‘rgatib, tetapoya qilsak, 2-3 yildan keyin hech kimga qaram bo‘lmaydi, bankda hisob-raqami bo‘ladi, uy oladi, yaxshi yashaydi, bolalarini yaxshi tarbiyalaydi”, - dedi Shavkat Mirziyoyev ular bilan suhbatda.
Prezident yoshlarga o‘qib-o‘rganib, faoliyatini yaxshilash bo‘yicha maslahatlar berdi.
“Hayot - kurash, raqobat. Bu kurashda kim kuchli bo‘ladi? Aqlli, bilimli, mehnat qilgan. Bugun yoshlar davlatimizning e’tiborini his etishi, ko‘p o‘qib, kun sayin bilimini oshirib, rivojlanishda davom etishi kerak”, - dedi davlat rahbari.
Yerlarni ajratib berish orqali Farg‘ona viloyatida 200 ming nafar yoshning bandligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil vinogradarskuyu kooperatsiyu «Fayzli boglar sari” v Altiarikskom rayone.
Shavkat Mirziyoyev posetil vinogradarskuyu kooperatsiyu «Fayzli boglar sari” v Altiarikskom rayone. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.03.2021
“Fayzli bog‘lar sari” uzumchilik kooperatsiyasining umumiy yer maydoni qariyb 130 gektar. Shundan 40 gektar maydonda tokzor, 90 gektar maydonda intensiv bog‘ barpo etilgan. 2 ming tonna sig‘imli muzlatkichli ombor, yuk mashinalari bor. Yetishtirilgan mahsulotlarning katta qismini eksport qilish rejalashtirilgan.
Shu yerda Farg‘ona viloyatida qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshiriladigan loyihalar taqdimot qilindi.
Yangiliklar lentasi
0